Joriy yilning 24 – 25-oktabr kunlari Qorqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Xorazm viloyatlari soliq boshqarmalari shaxsiy tarkibi hamda tuman (shahar) soliq inspeksiyalari xodimlari uchun korrupsiyaga qarshi kurashish, qat’iy mehnat intizomiga rioya qilishi masalalari yuzasidan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda Soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi G.Muqaddasova hamda Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Botirovlar ishtirok etib, soliq organlarini korrupsiyasiz tizimga aylantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdilar.
Uchrashuvlarda xodimlarga vazifalarini sidqidildan bajarishi, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik, soliq tizimida yaratilgan imkoniyatlar ahamiyati tushuntirildi.
Davlat soliq xizmatchilari soliq to‘lovchilar bilan ishlash jarayonida ichki mehnat tartib-qoidalari hamda odob-axloq me’yorlariga rioya qilish, xizmat vazifasiga vijdonan yondashish, huquq va majburiyatlarini to‘liq ado etish, odob-ahloq qoidalariga qat’iy amal qilish, har bir soliq xizmati xodimining ustuvor vazifasi ekanligini qayd etdi.
Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi