Mahsulotlarning qonuniy aylanmasini taʼminlash mexanizmini takomillashtirish hamda isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish maqsadida ayrim turdagi mahsulotlarga raqamli markirovkalash talabi joriy qilingan.
Chakana savdo va umumiy ovqatlanish xizmatlarini koʻrsatuvchi tadbirkorlik subyektlari foydalanayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish oʻlchov vositalari (axborot tizimlari, dasturiy mahsulotlari) majburiy ravishda soliq organlarining axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi va Davlat reestriga kiritilishi shart.
Soliq kodeksi 227 prim 1-modda
Soliq organlari tomonidan joriy yil yanvar-dekabr oylari davomida mazkur belgilangan talablarni buzgan jami 1 200 ta subyektlarda nazorat tadbirlari oʻtkazildi.
Tekshirishlar davomida 1 028 ta holatda majburiy raqamli markirovkalash qoidalari buzilgan:
- Alkogol mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi - 763 ta;
- Tamaki mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi - 189 ta;
- Maishiy texnika mahsulotlari savdosi bilan shugʻullanuvchi - 76 ta.
Yana 172 ta holatda foydalanilayotgan avtomatlashtirilgan hisobga olish vositalarini soliq organlarining axborot tizimlari integratsiya qilmagan hamda elektron fiskal chek shakllantirilmaganligi tasdiqlandi:
-Chakana savdo va umumiy ovqatlanish shahobchalarida - 166 ta;
- Elektron tijorat va toʻlov tizimlarida – 6 ta subyekt.
Soliq nazorati departamenti