Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlar (klasterlar, paxta, g‘alla, meva-sabzavot, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilik va boshqa mahsulot yetishtiruvchilar) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tmoqda.
Unda tadbirkorlar va mutaxassislarning sohadagi mavjud muammolar va ularning yechimi bo‘yicha takliflari tinglanmoqda.
Uchrashuvda Soliq qo‘mitasi va boshqa tegishli vazirlik hamda idoralar rahbariyati ishtirok etmoqda.
Yollangan ishchi – bu o‘zini o‘zi band qilgan bo‘lmaydi...
Bog‘dorchilik sohasida meva-sabzavot terimida mavsumiy ishchilarni o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tishga ruxsat berish taklif etildi.
Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev bunga javoban mavsumiy ishchilarni yollash uchun yangi tizimga ehtiyoj yo‘q ekanligini takidladi. Bog‘dorchilik sohasidadagi tadbirkorlar terim mavsumida yollanma xodimlar xizmatidan foydalanishi uchun qonuniy yechim mavjud ekanligini eslatib o‘tdi.
Noqishloq yerlarga qishloq xo‘jaligi yerlari uchun soliq stavkasida yer solig‘i hisoblanmaydi
Soliq qo‘mitasi Raisi tadbirkorga noqishloq yerlarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar uchun belgilangan stavkada yer solig‘i hisoblanmasligi yuzasidan tushuntirish berdi.
Fermerlarga qo‘shilgan qiymat solig‘ini differensial tartibda pasaytirilgan stavkada qo‘llash taklifi bo‘yicha alohida ishchi guruh o‘rganish olib boradi
Ishtirokchilardan biri mehmonxonalarda to‘lovlarni plastik kartadan qabul qilishni nazoratga olishni so‘radi
Soliq qo‘mitasi Raisi Sh.Kudbiyev mehmonxonalarda to‘lov terminallaridan foydalanishni tartibga solish masalasi alohida ko‘rib chiqilishini ta'kidladi.
Soliq mobil ilovasida soliq inspektori ishiga baho berish mumkin
Soliq biznes xizmatida qancha soliq to‘lovchi soliqchisini baholaganini, kim past baholanganini o‘zim har kuni kuzatib turaman. Past baholanayotgan xodimga nima reaksiya qilishimiz, uni KPI ga bu bog‘liqligi tizimli qilib qo‘yilgan.