QQS qoplash nima?
Soliq to‘lovchi QQSni qaytarishga haqli agar, tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishga doir operatsiyalarning soliq bazasidan hisoblab chiqarilgan soliq summasi bilan olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha hisobga olinadigan soliq summasi o‘rtasida salbiy farq bo‘lsa.
Qoplash summasi boshqa turdagi soliqlar bo'yicha qarzlar so'ndirilgandan keyin kelgusidagi soliq to'lovlari uchun hisobga olinishi yoki soliq to‘vchining hisob raqamiga qaytarilishi mumkin.
QQSni qaytarish uchun qanday murojaat qilinadi?
Soliq to'lovchi qoplanadigan soliq summasini qaytarish uchun taqdim etiladigan soliq hisoboti orqali soliq organini xabardor qiladi.
Soliq organi soliq summasini to'liq yoki qisman qaytarish to'g'risida qarorni qanday qabul qiladi?
O‘tkazilgan kameral soliq tekshiruvi natijalariga ko'ra.
QQS qancha muddatda qaytariladi?
Ko‘rsatilgan soliq summasi soliq to‘lovchiga QQS bo‘yicha hisobot taqdim etish davomida (https://t.me/soliqnews/7599) soliq summasini qaytarish to‘g‘risida soliq organi xabardor qilingan kundan e’tiboran 60 kundan kechiktirmay qaytariladi.
QQS tezlashtirilgan tartibda qanday qaytariladi?
Tezlashtirilgan tartibda soliq summasi 7 kun ichida to'liq qaytariladi. Bunda, qoplanishi uchun ko‘rsatilgan soliq summasi asoslantirilganligining kameral soliq tekshiruvi ellik kungacha bo‘lgan muddatda o'tkazilishi mumkin.
Agar soliq tekshiruvi natijalariga ko‘ra arizada ko‘rsatilgan soliq summasi asossiz deb topilsa, soliq to‘lovchi asossiz ravishda qoplangan soliq summasini qoplash sanasidan to uni budjetga to‘lash sanasigacha penya hisoblagan holda Davlat budjetiga to‘lashi shart.
Kimlar soliq summasini tezlashtirilgan tartibda qaytarishga haqli?