2024-yil 1-sentabrdan tadbirkorlik subyektlari tomonidan markirovkalanadigan mahsulotlarni 2D-skanerdan foydalanmasdan sotish holatlari aniqlanganda, ular shaxsiy kabineti orqali bu haqda ogohlantiriladi.
Ikkinchi marta ana shunday ogohlantirishdan soʻng markirovkalash qoidalarini buzish holati 1 oy ichida qayta takrorlansa, tadbirkorlik subyektlariga nisbatan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Bunda huquqbuzarlik sodir etilgan chorakdagi faoliyat qamrab olinadi.
Soliq tekshiruvi yakunlangandan keyin markirovka qoidalarini buzish 1 oy ichida qayta takrorlansa tadbirkorlik subyektlari xabardor qilinmasdan soliq tekshiruvi tayinlanadi. Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bu haqda tekshirish kunida xabardor qilinadi.