Reyting baholash mezonlari 23 ta va ular 3 ta guruhga bo‘lingan.
Birinchisi – hamma uchun bir xil bo‘lgan umumiy 10 ta mezon.
Mazkur mezonlar orqali tadbirkorda 100 ball olish imkoniyati mavjud.
Ikkinchisi – kamaytiruvchi 9 ta mezon. Qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga ko‘chish yil davomida ko‘payib ketsa ishlaydi.
Uchinchisi – rag‘batlantiruvchi 4 ta mezon.
"Ijtimoiy reestr", "Ayollar daftari"ga kirgan fuqarolarni ishga olgan va ular umumiy xodimlarining 10 foizidan ko‘proqni tashkil qilgan tadbirkorlik subyektlariga 5 balldan 10 ballgacha qo‘shimcha rag‘batlantiruvchi ball beriladi.
Youtube orqali ko‘rish