Tadbirkorlikni rivojlantirish orqali soliq bazasini kengaytirish, bu boradagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘yilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Soliq qo‘mitasi tomonidan bir qator amaliy tadbirlar olib borilmoqda.
Xususan, tizimda korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan omillar kompleks tahlil qilinib, zarur chora-tadbirlar ishlab chiqilgan. Bunda tizim xodimlarining huquqiy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan.
2023-yil 27-oktabr kuni mazkur chora-tadbirlar doirasida korrupsiyaga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisidagi qonunchilik va xodimlarni korrupsiyaviy xavf-xatarlarga moyillik darajasini belgilash yuzasidan olib borilayotgan ishlarga bag‘ishlangan oʻquv-seminar oʻtkazildi.
Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mutaxassisi Ravshan Yuldashev qo‘mita markaziy apparati xodimlariga korrupsiyaga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlik, qolaversa, Respublikamizda korrupsiyaning oldini olish yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida ma’ruza qildi.
R.Yuldashev taqdimoti orqali Soliq qo‘mirasi markaziy apparati xodimlariga korrupsiyaga qarshi kurashish va uning tahlili, shuningdek qonunchilik talablari hamda bu boradagi ilgʻor tajribalar haqida batafsil ma’lumotlar berdi.
Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi