Keshbek amaliyotining jamoatchilik natijalari
Iste’molchilar tomonidan 2024-yil 1-iyul xolatiga (iyun-oyi uchun keshbeklarni ro‘yxatdan o‘tkazishning so‘nggi kuni 10-iyul) 420,6 mln. ta chek ro‘yxatdan o‘tkazilgan, ularning umumiy xarid summasi 70,7 trln. so‘mdan ziyod. Ushbu cheklarga 707,2 mlrd. so‘m keshbek hisoblangan.
MXIK kodi noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi yoki sotuvchi tomonidan noto‘g‘ri urilgan cheklar bekor qilinganligi sababli hisoblangan 149,4 mlrd. so‘m keshbek bekor qilingan.
“Soliq hamkor” tizimi
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan halol tadbirkorlik uchun teng raqobat sharoitlarini yaratish, insofli tadbirkorlarni qo'llab-quvvatlash, yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirishga qaratilgan choralardan yana biri soliq organlariga soliq huquqbuzarliklari haqida xabar bergan jismoniy shaxslarni mukofotlash amaliyotidir.
-nazorat kassa texnikasi va to'lov terminallarini qo'llash tartibini buzganlik;
-noqonuniy tadbirkorlik faoliyati;
-to'lov terminallari orqali sotiladigan tovarlarning narxni sun'iy oshirish holatlari.
2024-yil 1-iyul holatiga, 11 470 nafar fuqaro tomonidan "Soliq hamkor" tizim doirasidagi "Soliq" mobil ilovasi orqali 49 564 ta murojaat yo'llangan. Shundan 45 432 tasi (91,7%) chek bermaslik holati bo'yicha yo'llangan. Bank plastik kartasi orqali to'lovni qabul qilishni rad etish bo'yicha 2 297 ta, plastik kartaga mahsulot narxini qimmatroq sotish bo'yicha 107 ta murojaat kelib tushgan.
Yana 1 728 tasi boshqa turdagi soliq huquqbuzarliklar yuzasidan yuborilgan.
Yil boshidan buyon kelib tushgan jami murojaatlarning 24 466 tasi takroran yuborilganligi sababli rad etilgan, 8 974 tasi o‘rganish jarayonida.
Bugungi kunda murojaatlarning 17 541 tasi tekshirildi va ularning 99,2 foizi (17 406 tasi) o'z tasdig'ini topgan hamda 135 ta murojaatda qayd etilgan huquqbuzarlik tasdiqlanmagan.
Soliq hisobotlarini belgilangan muddatlarda topshirilishini tartibga solish.
Soliq idoralari tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi.
Xususan, 2024-yil 1-iyul holatiga 25 026 ta soliq tekshiruv hujjatlari taalluqliligi boʻyicha sudlarga yuborilgan.
Shundan, 6 786 ta shaxsga nisbatan 5,7 mlrd.soʻm jarima qoʻllanilgan boʻlsa, Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 271-moddasiga asosan 12 069 ta shaxs sudlar tomonidan javobgarlikdan ozod etilgan hamda Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 21-moddasiga asosan 563 ta shaxsga nisbatan ogoxlantirish e'lon qilingan.
Hududiy soliq idoralari tomonidan taalluqliligi boʻyicha 166 001 ta shaxsga nisbatan 468,7 mlrd.soʻmlik maʻmuriy jarima qoʻllanilgan boʻlsa, shundan, 57,8 mlrd.soʻmlik maʻmuriy jarima undirilgan.
Yig‘ma-axborot tahlil boshqarmasi