Joriy yil 1-yanvardan 19-martga qadar "Soliq hamkor" orqali 6017 nafar fuqaro tomonidan savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarining buzilishi yuzasidan 22111 ta murojaat kelib tushdi.
✅Murojaatlarning 13670 tasida tekshiruvlar yakunlanib, 13411 tasida huquqbuzarliklar to‘liq tasdiqlandi hamda 3455 nafar fuqaroga 2 mlrd so‘mdan ortiq mukofot pullari to‘lab berildi.
❌Murojaatlarning 6773 tasi takroriy kelib tushganligi sababli rad etildi.
🔹645 ta murojaat bo‘yicha soliq tekshiruvlari, 1023 tasida o‘rganishlar o‘tkazilmoqda.
☝️Murojaat o‘z tasdig‘ini topganda huquqbuzarlardan jarima undirilgach, isteʼmolchilarga mukofot to‘lab beriladi.