Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mitasi buyrug‘i bilan:
Kadirova Muborak Bektemirovna Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i etib tayinlandi.
M.Kadirova 1969-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 1992-yilda Toshkent politexnika institutini tamomlagan.
U 2022-yildan buyon Yangi Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Kadirova Muborak Bektemirovna Soliq xizmati organlarida inspeksiya boshlig‘i etib tayinlangan 8-ayol rahbar bo‘ldi.
Muborak Kadirova Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi;
Abduraximov Sharifjon Yusufaliyevich Namangan tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Sh.Abduraximov 1977-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 2004-yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini menejment mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 2021-yildan buyon Yangi Namangan tumani davlat soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sharifjon Abduraximov Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi;
Alimov Nuriddinboy Zakirjanovich Namangan shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
N.Alimov 1970-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent davlat agrar universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 2021-yildan buyon Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Nuriddinboy Alimov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi;
Xolmatov Asqarjon Raximmirzayevich Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
A.Xolmatov 1972-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. 1996-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini iqtisodchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 2023-yil aprel oyidan buyon Yangiqo‘rg‘on tumani soliq inspeksiyasi boshligʻi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Asqarjon Xolmatov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi;
Shodiyev O‘tkir Nematovich Karmana tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
O‘.Shodiyev 1970-yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan. 1994-yilda Toshkent davlat agrar universitetining Nukus filialini iqtisodchi-tashkilotchi mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 2022-yil dekabrdan buyon Karmana tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
O‘tkir Shodiyev Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi;
Usmanov Anvar Ruzimurodovich Uchquduq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
A.Usmanov 1972-yilda Navoiy viloyatida tug‘ilgan. 2009-yilda Toshkent moliya institutini buxgalteriya hisobi va audit mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
U 2022-yil dekabrdan buyon Uchquduq tumani soliq inspeksiyasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Anvar Usmanov Soliq xizmatining III darajali maslahatchisi.