Soliq nizolarini sudgacha hal qilish amaliyoti natijalari
20/09/2023
2023-yil 1-sentabr holatiga Soliq qo‘mitasiga jami 472,1 mlrd so‘mlik 230 ta soliq nizosiga oid shikoyat kelib tushgan.
Shundan:
soliq auditi bo‘yicha - 230,2 mlrd so‘mlik 141 ta;
sayyor soliq tekshiruvi bo‘yicha - 241,9 mlrd so‘mlik 84 ta;
boshqa holatlar bo‘yicha - 5 ta.
Natijada:
97,8 mlrd so‘mlik 17 ta murojaatda soliq to‘lovchining pozitsiyasi qanoatlantirilgan (shundan 48,5 mlrd so‘mlik 13 tasi qisman);
344,3 mlrd so‘mlik 201 ta murojaat bo‘yicha soliq xizmati organlari qarorlari o‘z kuchida qoldirildi va bu haqda belgilangan tartibda tushuntirishlar berilgan;
30 mlrd so‘mlik 12 ta murojaat bo‘yicha o‘rganish davom etmoqda.