2024-yil 1-oktabr holatiga soliq organlarida 529 628 ta ko‘chmas mulk ijara shartnomasi hisobga qo‘yildi.
Jismoniy shaxslar o‘rtasida tuzilgan 378 ming ijara shartnomasi asosida 393,9 mlrd so‘m daromad solig‘i hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 14,4% va hisoblangan daromad solig‘i summasi 15,2 %ga oshgan.
Yuridik shaxslar o‘rtasida tuzilgan 151,6 ming ijara shartnomasi asosida 207 mlrd so‘m soliq hisoblanib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan ijara shartnomalari soni 16,5 % va hisoblangan soliq summasi 20,1 %ga oshgan.
Talabalar bilan 94,6 ming ta ijara shartnomasi tuzilgan. Ijarada turuvchi talabalar soni 127 481 nafarni tashkil etdi.
Soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olgan daromadlari soliqdan ozod etilgan. Ularga daromad solig‘idan 49,1 mlrd so‘m imtiyoz qo‘llanilgan.
Jismoniy shaxslarning daromad solig‘i ma’muriyatchiligi boshqarmasi