Suv va alkogolsiz ichimliklar bozori vakillari bilan tayyor markirovkalangan mahsulotlarni agregatsiyalash tizimini joriy etish jarayonlarini muhokama qilish uchun uchrashuv oʻtkazilishi rejalashtirilayotganligi haqida avvalroq xabar berilgan edi.
Mazkur uchrashuv 2024-yil 18-noyabr kuni soat 12:00 da Soliq qoʻmitasida boʻlib oʻtadi.
Oʻzbekiston suv va alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilar uyushmasiga bu haqda tegishli xabarnoma yuborildi.
Uchrashuvda Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi vakillari ham ishtirok etadi.
Suv va alkogolsiz ichimliklar savdosi bilan shugʻullanuvchi tadbirkorlik subyektlari soliq organlari bilan qayta aloqa tizimi orqali #markirovka xeshtegini koʻrsatgan holda qatnashuvchilar roʻyxatini ilova qilib ishtirok etish uchun ariza yuborishlari mumkin - https://appeal-bot.soliq.uz/