2023-yilning 21-sentabr kuni Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev va Osiyo taraqqiyot banki Markaziy va Gʻarbiy Osiyo departamenti bosh iqtisodchisi Chigdem Akin ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi.
Mazkur uchrashuv Osiyo taraqqiyot bankining Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi Missiyasi doirasida tashkil etildi.
Uchrashuv davomida Soliq qoʻmitasi masʼullari bilan oʻrta muddatli daromadlar strategiyasi, soliq hisobotlarini topshirish tizimini avtomatlashtirish, soliq xatarlarni baholashning IT tizimini ishga tushirish, markaziy apparat hamda hududiy soliq idoralarining samaradorligini monitoring qilish uchun KPI tizimini joriy qilishga doir masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida Osiyo taraqqiyot bankiga aʼzo davlatlar jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi va Finlyandiyaning soliq solish masalalariga doir ilgʻor tajribasini oʻrganish boʻyicha muzokaralar olib borishga kelishib olindi.
Xalqaro soliq munosabatlari boshqarmasi