Soliq qoʻmitasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) va BMT Taraqqiyot Dasturi (UNDP) qoʻshma tashabbusi doirasida yo‘lga qo‘yilgan birinchi texnik koʻmak dasturini amalga oshirishga kirishdi. "Chegarasiz soliq inspektorlari" (Tax Inspectors without borders - TIWB).
Dastur yirik soliq toʻlovchilar, jumladan, transmilliy kompaniyalar faoliyatini tekshirish boʻyicha tajribali xalqaro mutaxassislar rahbarligida qoʻshma amaliy mashgʻulotlar oʻtkazish orqali auditorlarning kasbiy salohiyatini oshirishga qaratilgan.
Xorijiy ekspertlar rahbarligida o‘tgan texnik konsultatsiyalar davomida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari transfert narxlarini qo‘llashda soliq to‘lovlarining to‘liqligini tekshirish va nazorat qilish sohasidagi ilg‘or xalqaro tajribani tahlil qilmoqda.