Bugun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qo‘mtasida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan bo‘lib o‘tdi.
Unda Soliq qo‘mtasi markaziy apparati va Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi xodimlari bevosita qatnashgan bo‘lsa, hududiy DSB va inspeksiyalari xodimalari videokonfrensaloqa orqali ishtirok etdi.
Tadbirda Qonunchilik va huquqiy siyosat instituti direktori oʻrinbosari Vosit Ergashev “Yangi O‘zbekistonda Yangilanayotgan konstitutsiya” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Taqdimot orqali Qonun loyihasining mazmun-mohiyati va unga kiritilayotgan yangi normalarning ahamiyati haqida batafsil tushuntirishlar berdi.
Yangilanayotgan konstitutsiyada inson huquq va erkinligi ustuvorligi, aholining ijtimoiy-huquqiy qo‘llab-quvvatlanishi haqidagi normalar yanada mustahkamlanayotganini ta’kidladi. Shuningdek, referendumda ishtirok etish bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.
Joriy yil 30-aprel kuni jamiyat va davlatimiz hayotining eng muhim tadbirlari – “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi boʻyicha referendumda faol ishtirok etish har bir fuqaroning konstitutsion burchi.
Soliq qo‘mitasi Axborot xizmati