Soliq xizmati organlarida ommaviy tadbirlar tashkil etish borasida III chorakda ham qator ishlar amalga oshirildi. Nafaqat xodimlar va ularning oila aʼzolari uchun, balki keng jamoatchilik, ehtiyojmand qatlam vakillari uchun ham manfaatli tadbirlar tashkil etilishiga erishildi desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Xususan, iyul oyida Turkiya Respublikasining Anqara shahrida “Noqonuniy iqtisodiyotga qarshi kurash, soliq amaliyotidagi mavjud oʻzgarishlar va raqamli texnologiyalar” mavzusidagi seminar-trening bo'lib o'tdi.
Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirda Soliq qoʻmitasi markaziy apparati va hududiy soliq organlaridan rahbar va mutaxassis xodimlar ishtirok etdi.
2024-yil 1-iyuldan 5-iyulgacha davom etgan seminarning dastlabki kunida ishtirokchilar Anqara soliq boshqarmasi va inpeksiyasida ish jarayoni bilan tanishib, oʻzaro tajriba almashishdi.
Soliq xizmati organlarida ijtimoiy-siyosiy jarayonlar muhokamasiga bagʻishlangan tadbirlar tashkil etish ham kun tartibidagi masalalar sirasiga kiradi. “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi: rivojlanishning aniq maqsadlari va muhim vazifalar ijrosi muhokama qilindi.
2024-yil 3-iyul kuni Soliq qoʻmitasida “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi hamda 2024-yilga moʻljallangan Davlat dasturi muhokamasiga bagʻishlangan seminar tashkil etildi.
Xususan, amalga oshiriladigan islohotlarda davlat idoralari bilan bir qatorda keng jamoatchilikning faol ishtiroki ham zarur ekanligi qayd etildi.
Joriy yilning 5-iyul kuni markaziy apparat va Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi rahbariyati va xodimlari ishtirokida maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston Respublikasi Din ishlari boʻyicha qoʻmita masʼul xodimi Jahongir Meliqoʻziyev “Oʻzbekistonda davlat va din munosabatlarida dunyoviylik tamoyillari” mavzusida maʼruza qildi.
Taʼkidlash joizki, jamiyatda soliq madaniyatini shakllantirish va fuqarolarning burch-majburiyatlari hamda huquqlarini tushuntirib borish boʻyicha muntazam tizimli ishlarni amalga oshirib borish talab etiladi. Bu borada faollik koʻrsatgan soliq toʻlovchilar esa shubhasiz eʼtirofga loyiq.
Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev xarid cheki soʻrab, sotuvchining qoʻpol munosabatiga duch kelgan 12 yoshli Qoʻchqorov Shahboz Farrux oʻgʻli bilan shaxsan uchrashib unga minnatdorlik izhor etdi.
“Barkamol” bolalar oromgohida 5-mavsumning tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi.
“Soliq haqida Siz nimani bilasiz?” tanlovida qatnashgan va soliqlar boʻyicha savollarga katta qiziqish bilan javob bergan eng faol soliq bilimdonlari esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligini keng nishonlashga puxta tayyorgarlik koʻrish doirasida umumxalq xayriya hashari tashkil etildi. Hasharda Soliq qoʻmitasi, hududiy soliq boshqarmalari hamda qoʻmita tasarrufidagi tashkilotlarda faoliyat koʻrsatuvchi xodimlar ham faol ishtirok etdi.
Soliq qoʻmitasida ushbu shior ostida Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida Soliq qoʻmitasi Raisi Sherzod Kudbiyev tizimda faoliyat yuritayotgan barcha xodimlar va ularning oila aʼzolarini Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yilligi bilan tabrikladi.
Mustaqilligimizning 33-yilligi munosabati bilan “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan Namangan tumani soliq inspeksiyasining davlat soliq bosh inspektori Anvarxoʻja Luqmanovni ham yuksak mukofot bilan qutladi.
Bundan tashqari, ushbu ulugʻ ayyom munosabati bilan soliq organlaridagi samarali faoliyati hamda vatanimizga sadoqatli xizmatlari uchun bir qator xodimlarga faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Mamlakatimizda xalqimizning milliy qadriyatlarini targʻib etish, urf-odat, anʼanalarimizga hurmat va ehtiromni yanada oshirish maqsadida “Xon atlas” festivalini oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan.
Shu munosabat bilan Soliq qoʻmitasida bu galgi “Xon atlas” haftaligi ham koʻtarinki ruhda oʻtkazildi.
Joriy yilning eng muhim ommaviy tadbirlaridan biri bu shubhasiz – stol tennisi boʻyicha “Soliq qoʻmitasi kubogi” musobaqasining respublika bosqichi bo‘ldi deyish mumkin.
Unda mamlakatimizning 14 hududidan 100 nafardan ortiq saralangan havaskor sportchilar bahslarga kirishdi. Qayd etish joizki, saralash musobaqalari joriy yilning iyul-sentabr oylarida joylarda uch bosqichda (mahalla, tuman, viloyat miqyosida) boʻlib oʻtdi.
Unda 200 ta tumanning 6 mingga yaqin mahallalaridan jami 22 mingdan ortiq havaskorlar qatnashishdi. Jami ishtirokchilarning 47 foizi xotin-qizlardan iborat boʻldi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi