Центральный аппарат
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun masʼuliyatni zimmasiga olgan ustozlarga qoʻmita Raisi tomonidan tabrik yoʻllandi.
11-oktabr kuni Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim!" respublika ijodiy tanlovining yakuniy bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti tomonidan oʻtkazilgan tanlov “Davlat tili ustuvorligi taʼminlangan eng namunali hudud” (tuman va shahar hokimlari) hamda “Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” (vazirlik, idora, xoʻjalik birlashmalari) yoʻnalishlarida tashkil etildi.
Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan mazkur tanlovda Soliq qoʻmitasi "Davlat tilida ish yuritish yoʻlga qoʻyilgan eng yaxshi tizim” yoʻnalishi boʻyicha faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
21-oktabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan Soliq qo‘mitasida faoliyat yuritayotgan turli millat vakillari O‘zbekiston xalqini bayram bilan tabrikladi.
11-noyabr – Oʻzbekiston kasaba uyushmalari kuni munosabati bilan Soliq qo‘mitasi katta majlislar zalida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda qo‘mita markaziy apparati xodimlari ishtirok etib, kasaba uyushmalari xodimlarini qizg‘in muborakbod etishdi.
Soliq qoʻmitasida xodimlarning ota-onalari va yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvni Soliq qoʻmitasi Raisining maslahatchisi Y.Narziyev kirish soʻzi bilan ochib berdi. Ta’kidlanganidek, tizimda erishilgan barcha yuqori koʻrsatkichlar, yutuqlarda, albatta har bir xodimning ota-onasi, turmush oʻrtogʻi va yaqinlarining beqiyos hissasi bor.
Davlat xizmatchisi, xususan soliq xodimi boʻlish naqadar sharafli va masʻuliyatli kasb ekanligi taʻkidlanib, yurtmizning iqtisodiy va ijtimoiy rivoji, aholining turmush farovonligini oshirish yoʻlida tinmay mehnat qilayotgan soliq xodimlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlab kelayotgan oila-aʻzolariga minnatdorchilik bildirildi.
Uchrashuv davomida oʻz kasbiga sadoqat bilan yondashib, halol mehnat qilayotgan xodimlarning ota-onalariga Soliq qoʻmitasi Raisi nomidan tashakkurnoma va Birlashgan Kasaba uyushmasining esdalik sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, yigʻilishda soliq xodimlari va ularning yaqinlariga davlat xizmatchilari oʻz mansab vakolati hamda xizmat mavqeidan qonunga xilof ravishda foydalanmaslik, manfaatlar toʻqnashuviga yoʻl qoʻymaslik, korrupsiya va taʻmagirlikning salbiy oqibatlari va jinoyatga jazoning muqarrarligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berildi.
Bunday turdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, unga sabab boʻluvchi omillarni bartaraf etishda oilaning alohida oʻrni borligi eʼtirof etildi.
Butun O‘zbekiston ahlining g‘ayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondo‘stlikni, ajdodlar yodi hamda millat g‘ururini o‘zida mujassam etgan Vatanimiz bayrog‘i qabul qilinganiga 33 yil to‘lishi munosabati bilan bayram tabrigi e’lon qilindi.
Jumladan, Butunjahon korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan ham ochiq eshiklar kuni tashkil etildi. Unda Soliq qo‘mitasining markaziy apparat xodimlari ishtirok etishdi.
Dekabr oyida sport sinovlarining ixtiyoriy, maxsus talablarini bajarib g‘olib va sovrindor boʻlgan 8 nafar soliq xodimlari taqdirlandi.
Ularga I, II va III darajali "Jismoniy tayyorgarlik darajasi" koʻkrak nishonlari topshirildi.
Ushbu yutuq nafaqat xodimlarning salomatlikka boʻlgan eʼtibori, balki davlat xizmatida yuqori natijalar koʻrsatishga intilishlarini ham ifodalaydi.
Хотите первым получать самые важные новости? Подпишитесь на уведомления!