Joriy yilning iyul oyida Turkiya Respublikasining Anqara shahrida “Noqonuniy iqtisodiyotga qarshi kurash, soliq amaliyotidagi mavjud oʻzgarishlar va raqamli texnologiyalar” mavzusidagi seminar-trening bo'lib o'tdi.
Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi tomonidan tashkillashtirilgan mazkur tadbirda Soliq qoʻmitasi markaziy apparati va hududiy soliq organlaridan rahbar ayollar va mutaxassis xodimlar ishtirok etdi.
2024-yil 1-iyuldan 5-iyulgacha davom etgan seminarning dastlabki kunida ishtirokchilar Anqara soliq boshqarmasi va inpeksiyasida ish jarayoni bilan tanishib, oʻzaro tajriba almashishdi.
***
Mamlakatimizda xalqimizning milliy qadriyatlarini targʻib etish, urf-odat, anʼanalarimizga hurmat va ehtiromni yanada oshirish maqsadida “Xon atlas” festivalini oʻtkazish yaxshi anʼanaga aylangan.
Shu munosabat bilan Soliq qoʻmitasida bu galgi “Xon atlas” haftaligi ham koʻtarinki ruhda oʻtkazildi. Soliq qo‘mitasi xotin-qizlari milliy liboslar targ‘ibotida faol ishtirok etishdi.
***
Joriy yilning eng muhim ommaviy tadbirlaridan biri bu shubhasiz – stol tennisi boʻyicha “Soliq qoʻmitasi kubogi” musobaqasining respublika bosqichi bo‘ldi deyish mumkin.
Unda mamlakatimizning 14 hududidan 100 nafardan ortiq saralangan havaskor sportchilar bahslarga kirishdi. Qayd etish joizki, saralash musobaqalari joriy yilning iyul-sentabr oylarida joylarda uch bosqichda (mahalla, tuman, viloyat miqyosida) boʻlib oʻtdi. Unda 200 ta tumanning 6 mingga yaqin mahallalaridan jami 22 mingdan ortiq havaskorlar qatnashishdi. Jami ishtirokchilarning 47 foizi xotin-qizlardan iborat boʻldi.
Stol tennisi bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida tashkil etilgan mazkur bahslarda qizlarning shiddatli va murosasiz o‘yinlari tomoshabinlarning diqqat markazida bo‘ldi.
Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi