Soliq xizmati organlari xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirib borish soliq ma’muriyatchiligi islohotlarining muhim qismi hisoblanadi. Shu maqsadda xodimlar malakasini oshirish, shu jumladan, xorijiy tajribalarni o‘zlashtirish yo‘nalishida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Fiskal institut pedagoglari va xodimlari uchun xorijiy mamlakatlarda malaka oshirish kurslari va o‘qishlar tashkil etilmoqda.
Shunday tadbirlardan biri sifatida Rossiya Federal Soliq xizmatining Shimoli-g‘arbiy malaka oshirish instituti (FNS LAB - Neva)da bo‘lib o‘tmoqda. Ayni kunlarda Soliq qo‘mitasi va uning huzuridagi Fiskal institut masʼullaridan iborat delegatsiya tashrifi amalga oshirilmoqda.
Joriy yilning 14-19 avgust kunlariga rejalashtirilgan ushbu amaliy tashrifning dastlabki kunida Rossiya Federal Soliq xizmatining Shimoli-g‘arbiy malaka oshirish instituti rektori S.B.Murashov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, qator mutaxassislar tomonidan sohaga oid yo‘nalishlarda taqdimotlar o‘tkazildi.
Rossiya Federal soliq xizmati Shimoli-g‘arbiy malaka oshirish instituti mutaxassislari tomonidan soliq xizmati organlarining kasb mahoratini oshirish shuningdek, institutda yaratilgan shart-sharoitlar bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi.