Soliq xizmatining barcha boʻgʻinlarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish borasida tizimli va samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Korrupsiya holatlarining har qanday koʻrinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda boʻlish va unga qarshi ayovsiz kurashish barcha darajadagi rahbarlar va xodimlarning ustuvor vazifasi etib belgilangan.
Xususan, soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish maqsdadida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va oldini olish, halol va sadoqatli xodimlar safini kengaytirishda salmoqli natijalarga erishilmoqda.
Bunda hududiy soliq organlarida huquq tartibot organlari vakillari ishtirokida oʻtkazilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish masalalariga bagʻishlangan uchrashuvlar ham alohida ahamiyat kasb etmoqda.
Uchrashuvlarda xodimlarga vazifalarini sidqidildan bajarishi, mansab va vakolatini suiisteʻmol qilmaslik, jamoada korrupsiyaga nisbatan murosasiz muhitni yaratish va bunda birdamlikning muhim ahamiyati tushuntirilmoqda.
Hududiy soliq organlarida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan tadbirlar