Ҳудудий
органлар

Солиқ қўмитаси

Марказий аппарат

...
  • Тошкент шаҳар, А.Қодирий кўчаси 13а-уй
  • (71) 244-98-98 ишонч телефони
    (71) 244-98-98 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • org@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Андижон вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Andijon shahar, Oltinkoʻl koʻchasi, 1-uy
  • (74) 223-95-23 ишонч телефони
    (74) 223-95-23 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • andijon@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Бухоро вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Бухоро шаҳар, М.Иқбол кўчаси, 14-уй
  • (65) 221-26-89 ишонч телефони
    (65) 221-26-89 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • buxoro@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Жиззах вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Жиззах шаҳар, Ш.Рашидов кўчаси, 16-уй
  • 72 222-07-00 ишонч телефони
    72 222-07-00 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Jizzax@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Қашқадарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Qarshi shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 805-uy
  • (75) 225-10-82 ишонч телефони
    (75) 225-10-82 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Навоий вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Навоий шаҳар, Навоий кўчаси, 27-б уй
  • (79) 223-53-71 ишонч телефони
    (79) 223-53-71 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Navoiy@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Наманган вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Namangan shahar, Marg'ilon ko'chasi 14-uy
  • (69) 227-91-96 ишонч телефони
    (69) 227-91-96 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Namangan@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Самарқанд вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Самарқанд шаҳар, Гагарин кўчаси, 85 А-уй
  • 55 704-06-16 ишонч телефони
    55 704-06-16 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Samarqand@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Сурхондарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Термиз шаҳар, М.Каҳҳор кўчаси, 23-уй
  • (0-376)-223-50-74 ишонч телефони
    (0-376)-223-50-74 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Surxondaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Сирдарё вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Гулистон шаҳар, Ислом Каримов кўчаси, 41-уй
  • (67) 235-03-42 ишонч телефони
    (67) 235-03-42 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • sirdaryo@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Тошкент шаҳар

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Шайхонтоҳур тумани, Абай кўчаси, 4 А-уй
  • (71) 244-54-86 ишонч телефони
    (71) 244-54-86 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Toshkent@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Тошкент вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳар, Яккасарой тумани, Бобур кўчаси, 79-а-уй
  • (78) 150-49-56 ишонч телефони
    (78) 150-49-56 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Фарғона вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Фарғона шаҳар, Сайилгоҳ кўчаси 31-уй
  • (73) 241-70-61 ишонч телефони
    (73) 241-70-61 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • fargona@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Хоразм вилояти

Солиқ бошқармаси

...
  • Урганч шаҳри Ислом Каримов кўчаси, 124-уй
  • (62) 223-10-10 ишонч телефони
    (62) 223-10-10 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • xorazm@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Қорақалпоғистон Респ.

Солиқ бошқармаси

...
  • Нукус шахар. Т.Қайпбергенов кўчаси, 23-уй
  • (61) 222-00-33 ишонч телефони
    (61) 222-00-33 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Ҳудудлараро инспекцияси

Солиқ бошқармаси

...
  • Тошкент шаҳри, Хадра мавзеси, Алишер Навоий кўчаси, 16-Б
  • 71 202-21-04 ишонч телефони
    71 202-21-04 Факс
  • Иш вақти : 9:00 - 18:00
    Тушлик : 13:00 - 14:00
    Дам олиш куни: Шанба, Якшанба
  • mri@soliq.uz
Саҳифага ўтиш

Tadbirkorlar reytingi qanday ishlaydi?

26/01/2024

Oʻzbekistonda tadbirkorlar reytingi joriy etilib, yuqori reytingga ega tadbirkorlarni ragʻbatlantirish boshlanmoqda (reytingi past firmalarga nisbatan hech qanday sanksiya qoʻllanmaydi). Kun.uz muxbiri bu reyting qanday ishlashi, yuqori ballga ega boʻlish uchun tadbirkor nima qilishi kerakligi haqida Soliq qoʻmitasi boshqarma boshligʻi Oʻktam Rajapov va soliq maslahatchisi Murod Muhammadjonov bilan suhbatlashdi.


Tadbirkorlar reytingi joriy qilinyapti. Bundan maqsad nima?

– Reyting oldin jazolovchi boʻlgan boʻlsa, endi ragʻbatlantiruvchi boʻlyapti. Yuqori reytingga ega boʻlgan tadbirkorlik subyektlari ragʻbatlantiriladi. Quyi reytingdagilarga chora koʻrish, tekshirish koʻzda tutilmagan.

Qaror bilan belgilanyaptiki, agar tadbirkor A toifadagi reytingga ega boʻlsa, soliq organlari tomonidan unga tekshirishlar oʻtkazilmaydi. QQSdan hosil boʻlgan soliq summasi bir kunda qaytarib beriladi – amaldagi muddat esa 7 kundan 30 kungacha. QQSdan boshqa soliq turlari boʻyich hosil boʻlgan ortiqcha soliqlarni uch kunda qaytarib berish koʻzda tutilyapti. Bu ham amalda 10 kundan 15 kungacha boʻlgan muddatni talab qiladi.

Yana bir ragʻbatlantirish – soliq va bojxona organlarida tovarlarni import qilishda vaqtida toʻlangan soliqlarni hisobga olish tizimi joriy qilinyapti. Amalda bu faqat yirik soliq toʻlovchilar uchun amal qiladi. Endi reytingi yuqori boʻlgan tadbirkorlik subyektlariga ham mazkur tartib tatbiq etiladi. Reytingning asosiy maqsadi tadbirkorlarni ixtiyoriy ravishda qonunchilikda belgilangan meʼyorlardan kelib chiqib qoʻshimcha, hech qanday majburiyatlar yuklamagan holda oʻzlari bajarishi kerak boʻlgan majburiyatlarni vaqtida bajarishga undashdir. Bunda ortiqcha hech qanday majburiyatlar yuklanmaydi.


– Reytingda yuqori ballga ega boʻlish uchun nimalar qilish kerak?

– Mezonlarimiz 23 ta etib belgilangan va ular 3 guruxga boʻlingan. Birinchisi – hamma uchun bir xil boʻlgan umumiy mezonlar. Bunda 10 ta mezon koʻzda tutilgan, shuning oʻzida tadbirkor 100 ball olish imkoniyati mavjud.

Keyingi mezonlar kamaytiruvchi mezonlar hisoblanadi. Qonunchilik talablari buzilgan holatlar yoki hisobotlarga qayta-qayta tuzatish kiritib taqdim etgan holatlar, bir hududdan boshqa hududga koʻchish yil davomida koʻpayib ketsa, kamaytiruvchi mezonlar ishlaydi. 

Kamaytiruvchi mezonlar umumiy mezonlarni kamaytirish holati, qoʻshimcha ragʻbatlantiruvchi ballar bor. Bular – ijtimoiy reestr, ayollar daftariga kirgan fuqarolarni ishga olsa va ular umumiy xodimlarning 10 foizidan koʻproqni tashkil qilsa, qoʻshimcha 5-10 ball beriladi. Bunda ham tadbirkorga hech qanday majburiyat tugʻilmaydi.

Umumiy ballar 10 ta mezon asosida baholanadi. Tadbirkor faoliyatini qancha koʻp davom ettirsa, bu mezon uchun 10 ball beriladi. Xuddi shunday soliq hisobotlarini belgilangan muddatda taqdim etsa yana 10 ball beriladi. Agar kechiktirsa, ball ololmay qolishi mumkin. Soliq toʻlovlarini ham belgilangan muddatdan kechiktirmay vaqtida toʻlab borsa, 10 balli tizimda ball olishlari mumkin. Toʻlanmagan summani soliq organlari majburiy tartibda undiradigan boʻlsa, ball yigʻolmaydi va qoʻshimcha ball chegiraladi. Shuning uchun vaqtida va ixtiyoriy toʻlab borsa, shuncha yuqori ball olishlari mumkin boʻladi.


– Reytingda eng yuqori va eng quyi ballar haqida gapirsangiz?

– Eng yuqori ball 100 balli tizimda ishlaydi. Tadbirkor A toifadagi kategoriyaga tushadigan boʻlsa, AAA reytingdagilar 96 dan 100 ballga, AA reytingdagilar 91 dan 96 gacha, A reytingdagilar esa 86 dan 91 gacha yigʻishi kerak.

Eng quyi oʻrin – D reytingdagilar boʻlib, bunda 25 ballgacha yigʻiladi.


– Past ball olgan tadbirkorlar jazolanadimi?

– Biz barqarorlik reytingi boʻyicha hech kimga chora koʻrmaymiz. Reyting boʻlmagan paytda qanday ishlagan boʻlsak, shu tartibda ishlaymiz. Faqat yuqori reytingdagilar ragʻbatlantiriladi. Boshqalarga amaldagi tartib qanday boʻlsa, shunday ish tizimi amal qiladi. Ular oʻzi xohlab, shu reytingga tushib, imtiyozlar olmoqchi boʻlsa, meʼyorlarni vaqtida bajarib, yuqori ball olsa, qoʻshimcha imtiyozlar beriladi.

B yoki C reytingda boʻlsa, qoʻshimcha tekshirishlar yoki ortiqcha bezovta qilishlar boʻlmaydi. “Soliqchi – tadbirkorga koʻmakchi” doirasida borib tushuntirish berishimiz mumkin, shunday qilsangiz, yuqori reyting olib ragʻbatlantirilasiz deyishimiz mumkin.


– Buning uchun qandaydir avtomatik dastur ishlab chiqiladimi?

– 23 ta mezon boʻyicha Soliq qoʻmitasida platforma ishlab chiqilgan. Bunda inson omili ishtirok etmaydi. Dastlabki mezonlar boʻyich dasturchilar dasturni yozib beradi. Soliq hisobotlari, toʻlangan soliq summalari, roʻyxatdan oʻtgan sanasi, boshqa organlardan olingan maʼlumotlar asosida tadbirkorning reytingi shakllanadi. Bu maʼlumotlar har kuni tadbirkorning shaxsiy kabineti va SSPning rasmiy veb saytiga joylashtirib boriladi.

Lekin bu tadbirkorlik subyektning balli past ekan, bu bilan ishlamasligim kerak ekan, degan narsa emas. Reyting soliq qonunchiligi boʻyicha shakllantirilgan ballar tizimidir. Tadbirkorning qandaydir kamchiliklari boʻlib, past ball olsa, dastur nima sababdan bunday ball olgani va kamchiliklar qanday bartaraf etilishini koʻrsatib turadi. Oʻsha kamchiliklarini bartaraf etilsa, yuqori reytingga chiqishi mumkin.


Reyting amaliyotda qachondan ishlay boshlaydi?

– Qarorda koʻrsatilishicha 1-fevraldan. Hozir alohida nizom ishlab chiqilyapti. Vazirlar Mahkamasi nizomiga asosan dasturga qoʻshimcha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan holda amaliyotga joriy qilinadi. Hozirgi kunda platforma 23 ta mezon boʻyicha dastlabki variantda ishlab turibdi.

“Yuqori reytingda boʻlsa ham, tadbirkorni tekshirishga olib olib boradigan holatlar bor” – Murod Muhammadjonov, soliq maslahatchisi 

– Prezident tadbirkorlar reytingi ishlab chiqilishini maʼlum qilganidan beri bu masala jamoatchilik kengashida bir necha marta muhokama qilindi. Bu reytingni amaliyotga joriy qilish uchun bir qator takliflarni bildirdik. Aytish kerakki, qaysidir elektronlashtirish dasturlari bittada ideal variantda chiqmaydi. Bu reyting tadbirkorlar uchun tatbiq qilinishida uni qanchalik oʻzgartirish imkoni boʻladi va u qonunchilikda qanday koʻzda tutiladi degan masalani koʻrib chiqdik. Bu reyting oldingi Tax Gapʻga oʻxshab kimnidir jazolash uchun yoʻlga qoʻyilmayapti. Aksincha, tadbirkorning ishonchlilik darajasini belgilaydigan reyting.

C yoki B darajaga tushib qolgan tadbirkorlar yomon tadbirkor degani emas. Ular endi faoliyatini boshlagan boʻlishi mumkin. 100 foiz toza ishlab, xufiyona alomatlari boʻlmasa ham, yangi tadbirkor baribir pastdan ish boshlaydi va u jinoyatchi, unga tekshirish eʼlon qilib jazolash kerak degani emas.

Lekin ishlash jarayonida tadbirkorlar reytingini AAA darajasigacha olib chiqsa, ularga nisbatan hech qanday tekshirish eʼlon qilmaslik toʻgʻrisida ham takliflar berilgan.

 Ammo bu jarayonda muammolar chiqadi, tadbirkor AAA kategoriyaga tushsa ham, amaliyotdagi kamchiliklar tufayli baribir tekshiruvga tushib qoladigan holatlar bor. Qaysi holatlar? Deylik, tadbirkorlarning tovarlar nomuvofiqligi boʻyicha QQS guvohnomasini toʻxtatib turish, yaʼni QQSni oʻchirib qoʻyish amaliyoti bor. Tovarlar nomuvofiqligi ballni pasaytiruvchi mezonlar qatoriga kiritilgan. Amaliyotda guvohnomani oʻchirib qoʻyib, keyin tadbirkorni xabardor qilishyapti. Nomuvofiqlikni bartaraf etish uchun baribir tekshiruv eʼlon qilishyapti. Uchta A kategoriyaga tushgan tadbirkor ham baribir tekshirilishi yuzaga keladi. Shunday taklif kiritdikki, tovarlar nomuvofiqligi boʻlsa, avval xabardor qilinglar, agar isbotlab bera olmasa, keyin oʻchirilishi kerak. Shu orqali haqiqatan ham AAA kategoriyaga kirganlarga tekshiruv boʻlmasligini taʼminlashimiz mumkin. Bundan tashqari, umuman tadbirkorlik subyektlarining faoliyati toʻxtab qolmasligi uchun ham bu taklif berildi.

Reyting amaliyotda qoʻllanishi tadbirkorlarning toʻgʻri ishlashi, rivojlanishiga stimul beradi deb oʻylaymiz. Tadbirkor nafaqat soliq masalasida, balki oʻzaro munosabatlarda, bir birini aldamasdan ishlashi tadbirkorning ishonchlilik darajasi yuqori boʻlishiga olib keladi.

Oldingi Tax Gap dasturidan farqli ravishda, bu ochiq reyting boʻlib, tadbirkor oʻzi va kontragenti reytingda qancha ball toʻplagani va nima uchun shu ballni olganini koʻra oladi. 


 Intervyuni ko‘rish

Асосий кўрсаткичлар

Барчасини кўриш

Солиқ идораларига мурожаатлар

2024 йил I чорагида Ягона рақамга қилинган мурожаатларга берилган жавоблар бўйича қўйилган баҳолар
  • 1 баҳо
  • 2 баҳо
  • 3 баҳо
  • 4 баҳо
  • 5 баҳо
Барчасини кўриш
Фикрингизни қолдиринг
Powered by GSpeech

Энг муҳим янгиликларни биринчи бўлиб олишни xоҳлайсизми? Билдиришномаларга обуна бўлинг!

Бизга хабар юборинг