Markirovkalanmagan tamaki, alkogol, maishiy texnika hamda dori vositalarini sotish taqiqlanadi.
Hurmatli iste'molchilar, ushbu mahsulotlarni xarid qilishda markirovkalanganiga e'tibor bering va uni Soliq mobil ilovasi orqali tekshirishni unutmang. Bu qalbaki va sifatsiz tovarlarga aldanib qolishingizni oldini oladi.
Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
2021-yil 1-yanvardan tamaki va alkogol mahsulotlari;
2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari;
2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalari: changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor;
2022-yil 1-avgustdan gaz plitasi, oshxona dudbo‘roni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar;
2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlar majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan.
Markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari qo‘llaniladi.