Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar qisqartirilishi munosabati bilan oʻzbekiston respublikasi hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. VMQ-389-son 06.07.2024-yil
Qaror bilan quyidagilar bekor qilindi:
- turar joylarni ijaraga berishning Yagona elektron reestrini yuritish va ularni sertifikatlashtirish tartibi;
- turistik xizmatlarni sertifikatlashtirishda joylashtirish vositalari, togʻ changʻisi trassalari va plyaj xizmatlarini sertifikatlashtirish uchun arizaga koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlarni, shu jumladan ijara shartnomasini ilova qilish talabi;
- xostel boʻyicha mehmonxona va vaqtincha turar joy xizmati koʻrsatilishini tashkil qilish hamda uni Reestrga kiritish boʻyicha soʻrovnomaga koʻchmas mulkka doir huquqni belgilaydigan hujjatlarni, shu jumladan ijara shartnomasini ilova qilish talabi.
Shu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-iyuldagi “Oʻzbekiston respublikasida turizm sohasini tiklash va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori va 2-ilovasining qator bandlari chiqarib tashlandi, qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.
Soliq solish metodologiyasi departamenti