Savol: Tadbirkorlik
subʼektlari joylarda xayriya ishlari (maktab, bogʼcha, koʼprik, yoʼl qurish,
taʼmirlash)ni amalga oshirganda ushbu xayriya xizmati uchun soliq toʼlashga
majbur boʼlmoqda. Bu kabi ishlar byudjet mablagʼlari hisobidan amalga
oshirilishi lozimligini inobatga olib, ular uchun sarflangan haqiqiy
xarajatlarni soliq bazasidan chiqarsa boʼlmaydimi? Bu tadbirkorni
ragʼbatlantirish bilan birga, byudjet mablagʼini iqtisod qilishga olib kelar
edi.
Javob: Xabaringiz
bor, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 iyundagi PQ-3042-sonli
qarori bilan hududiy hokimlarga tegishli byudjetlar har chorak yakunida
shakllantiriladigan daromadlar rejasidan orttirib bajarilgan qismini mustaqil
tasarruf etish vakolati berilgan.
Bunda
daromadlar rejasining orttirib bajarilishi hisobiga mahalliy byudjet ixtiyorida
qolgan qismini, xalqning fikrini oʼrgangan holda hududdagi eng dolzarb
masalalarga manzilli yoʼnaltiriladi.
Аgar bu
funktsiya korxona ixtiyorida qoldirilsa, xayriya qilinadigan mablagʼlar eng
dolzarb masala qolib, zaruriyati jihatdan keyingi oʼrinlarda turgan maqsadlarga
yoʼnaltirilishi adolatsizlik boʼladi.
Xorijiy
ekspertlarning fikriga koʼra, soliq imtiyozi bu – davlat byudjetining
toʼgʼridan-toʼgʼri xarajati hisoblanadi.
Taʼkidlash
joizki, shu kunga qadar tadbirkorlik subʼektlari tomonidan ajratilgan xayriya
mablagʼlarining maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat yoʼq edi.
Ijtimoiy ahamiyatga molik tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʼlgan mablagʼlarni Davlat byudjetidan ajratilishi natijasida uning maqsadli va manzilli foydalanishiga erishiladi.
Iqtisodiyotda soliq
imtiyozlarini maksimal qisqartirib, byudjetga tushgan mablagʼlarni smeta
hujjatlari asosida xalq deputatlari kengashining qarorlari bilan manzilli
yoʼnaltirilishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Misol uchun, MHD davlatlarida ham
bu kabi imtiyozlar yoʼq.