Центральный аппарат
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Налоговое управление
Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reytingini shakllantirish bo‘yicha ochiq-oshkora 23 ta mezonlar asosida belgilash elektron platforma orqali amalga oshiriladi.
Endilikda tadbirkorlik subyektlari uchun qo‘llab-quvvatlash choralari yaʼni subsidiya, imtiyoz va boshqa yengillik hamda preferensiyalar reyting asosida belgilanadi.
Barqarorlik reytingidagi yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga quyidagi rag‘batlantirish choralari joriy etiladi
“ААА” (96-100) reytingga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga: faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkazilmaydi (jinoiy ishlar doirasida o‘tkaziladigan tekshiruvlar mustasno), shuningdek ushbu subyektlarga qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash (qaytarish) bir kun muddatda tekshiruvlarsiz amalga oshiriladi.
“АА” va undan yuqori reytingga ega bo‘lganlarda: 4 va 5-toifadagi tumanlarda faoliyat yuritayotgan “AA” va undan yuqori toifadagi tadbirkorlik subyektlariga bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari bo‘yicha kamida 15 foiz miqdoridagi dastlabki to‘lov bir yo‘la amalga oshirilganda qolgan summaga Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanmaydi hamda bo‘lib-bo‘lib to‘lash muddati 5 yilgacha uzaytiriladi.
“А” va undan yuqori reytingga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga: barcha soliq turlari bo‘yicha (qo‘shilgan qiymat solig‘i bundan mustasno) mavjud ortiqcha to‘lov summasini qaytarish uch kun muddatda amalga oshiriladi.
“BBB” va undan yuqori reytingga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga: tovarlarni import qilishda va tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishda to‘lanadigan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish imkoniyatini beruvchi tartib tatbiq etiladi.
“B” va undan yuqori reytingga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga: Subsidiyalar, soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalar (qo‘llab-quvvatlash choralari) ularning reyting darajasidan kelib chiqqan holda tatbiq etiladi. (PQ-193)
Eslatib o‘tamiz, mazkur rag‘batlantirish choralari davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50% va undan ortiq miqdorda davlat ulushi mavjud bo‘lgan yuridik shaxslarga tatbiq etilmaydi.
Barqarorlik reytingi mezonlari ishlash tartibi haqda batafsil havola orqali tanishing.
Хотите первым получать самые важные новости? Подпишитесь на уведомления!