2022-yil 1-sentabrda 2024-yil oxiriga qadar haydovchidan tashqari 4 tadan ortiq bo‘lmagan o‘rindiqlarga ega yengil avtotransport vositalarida yo‘lovchilarni tashuvchilar o‘zini o‘zi band qilishi mumkin.
O‘zini o‘zi band qilgan shaxslar tomonidan yo‘lovchilarni tashish faoliyati litsenziya varaqasiga asosan amalga oshiriladi
Litsenziya varaqasi berishda avtomobilning ekspluatatsiya davriga qo‘yilgan talab bekor qilinadi.
Litsenziya varaqasi uchun davlat boji yiliga bazaviy hisoblash miqdorining bir barobari (300 ming so‘m) miqdorida undiriladi.
Litsenziya varaqalarida faoliyat hududi aks ettiriladi.
O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar bir yilda bir marotaba transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazishi shart.
Ular bir yilda bir marotaba tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart.
O‘zini o‘zi band qilgan tashuvchilar avtomobilining tom qismiga “TAXI” belgisi o‘rnatiladi.
Boshqa sohalarda faoliyat yuritayotgan shaxslar bir vaqtning o‘zida o‘zini o‘zi band qilgan holda yo‘lovchilarni tashish faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin.