Davlat soliq organlari tomonidan soliq kodeksining 138-moddasiga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari hisobotlari asosida tekshiruvdan oldingi tahlil oʻtkazish yoʻlga qoʻyilgan.
Shu asosda tahlil natijalarida aniqlangan tafovutlarning kelib chiqish sabablari soliq toʻlovchilarga tushuntirilib, oʻtkazilish ehtimoli boʻlgan tekshiruvlarning oldi olinmoqda.
Tekshiruvdan oldingi tahlillar davomida koʻp uchrayotgan holatlardan biri – ayrim soliq toʻlovchilar tomonidan taqdim etilgan Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisoboti va QQS hisobotida aks ettirilgan tovarlar aylanma koʻrsatkichlarni toʻgʻri taqdim etmaslik holatidir.
Kamchiliklarni bartaraf etish uchun – hisobot yili boʻyicha taqdim etilgan Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotining 010-satri 5-ustuni koʻrsatkichini (yaʼni “ming soʻm” bilan toʻldirilishi lozim boʻlgan holatda “soʻm” shaklida) QQS hisobotining 0107-satri 3-ustuni koʻrsatkichiga mos ravishda faqat ming soʻmda shakllantirib toʻldirish lozim.
Maʻlumot uchun: yuqoridagi holatlar boʻyicha 2021-2022-yillarda 9 719 ta korxona soliq hisobotlarida jami 650,9 mlrd soʻmlik tafovutlar aniqlangan.