Bugun Fiskal institutda "Toshkent xalqaro soliq haftaligi" ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Institut rahbariyati, Soliq qo‘mitasi vakillari, "Tax in Tashkent 2023" tanlovi ishtirokchilari hamda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi mamlakatlarining Oliy ta'lim muassasalari mutaxassislari va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda Rossiya Federal soliq xizmati "Transfert narxlari" boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari A.Smotritskaya so‘zga chiqib xalqaro tanlov ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi.
Xalqaro soliqqa tortish bo‘yicha "Tax in Tashkent 2023" tanlovi 18-20 may kunlari Fiskal institutda bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida Moskva shahrida o‘tkazilga "Xalqaro soliqqa tortish InTax 2022-2023" tanlovida Fiskal institut jamoasi MDHning 73 ta oliy o‘quv yurti ichida 3-o‘rinni egallagan edi.
Fiskal institut