Soliq organlari va tadbirkorlar oʻrtasidagi konstruktiv muloqot davom etmoqda. Navbatdagi yigʻilish umumiy ovqatlanish va restoran biznesi sohasida faoliyat yuritish, identifikatsiya kodlaridan (MXIK) foydalanishning dolzarb masalalariga bagʻishlanadi.
Norasmiy tarzda oʻtgan muloqotda Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sh.Kudbiyev, umumiy ovqatlanish va restoran biznesi vakillari hamda DSQ huzuridagi Jamoatchilik kengashi aʼzolari ishtirok etdi. Unda sohada soliq maʼmuriyatchiligini optimallashtirish boʻyicha taklif va mulohazalar tinglandi. Asosiy masalalar – nazorat-kassa texnikalarini qoʻllash, toʻgʻri identifikatsiya kodlaridan foydalanish, ularni soddalashtirish va hisobot tizimlarini avtomatlashtirish.
Uchrashuvda barcha ishtirokchilarning fikr va mulohazalari tinglanib, bildirilgan takliflar ishtirokchilar tomonidan jamoaviy baholandi, muloqotning har ikki tomoniga mos yechimlar ishlab chiqildi.
Uchrashuvning amaliy natijasi oʻlaroq, qoʻllanilayotgan MXIKlar toifalarini umumlashtirish va yaqin kelajakda joriy etish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Shunday qilib, umumiy ovqatlanish va restoran biznesi vakillari foydalanadigan MXIKlarni deyarli 4 barobarga qisqartirish, taomlarni tasniflashning qabul qilingan usullari bilan umumlashtirish qarori ijobiy qabul qildi.
Navbatdagi tadbir mavzulari, markirovkalangan alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish, ularni aylanmadan qisman olib qoʻyishning texnik imkoniyatlarini ishlab chiqish masalalari belgilab olinib, mazkur formatdagi yigʻilishlarni davom ettirish zarurligi taʼkidlandi.
Yaqin kunlarda umumiy ovqatlanish va restoran biznesining barcha vakillariga taklif etilayotgan oʻzgarishlarni batafsil tushuntirish uchun onlayn va oflayn seminarlar tashkil etiladi.