1. Komissioner (vositachi, ishonchli vakil) O‘zbekiston Respublikasi norezident tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha norezidentdan olingan hujjatlarni, jumladan invoys, dalolatnoma yoki xizmatlar ko‘rsatilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarni komitentga taqdim etadi.
Komissioner komitentga ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha komitentning nomiga o‘zining haqi (vositachilik haqi) summasiga hisobvaraq-faktura rasmiylashtiradi.
2. Komitent norezident tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha vositachiga (ishonchli vakilga) taqdim etilgan hujjatlar (invoys, dalolatnoma) asosida “Xizmatlar importi” nomli bir tomonlama hisobvaraq-fakturani rasmiylashtiradi va ushbu operasiya uning xaridlar reyestrida o‘z aksini topadi.
Soliq hisobotlarini shakllantirishni avtomatlashtirish maqsadida “import qilingan xizmatlarni” soliq to‘lovchining xarid qilingan xizmatlar bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar reyestrida aks ettirishning yangi tizimi ishlab chiqilmoqda. Ushbu yangi tizimga ko‘ra:
- O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan sotib olingan xizmatlar bo‘yicha QQS hisoboti (29-kod) ma’lumotlari norezident tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar summasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar va soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkasida aks ettirilgan to‘langan soliq summasi asosida shakllanadi;
- QQS hisobotida (1-kod) norezidentlar tomonidan ko‘rsatilgan xizmatlar bo‘yicha QQS hisoboti (29-kod) asosida hisoblangan QQS summasining byudjetga haqiqatda to‘langan qismi hisobga olinadi.