Oila a’zolari yuridik shaxs tashkil etgan yoki tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanishi mumkin.
Er, xotin, ularning bolalari va nabiralari, ota-onasi, mehnatga qobiliyatli yoshga to‘lgan boshqa qarindoshlari (bolalari va nabiralarining erlari (xotinlari), tug‘ishgan hamda o‘gay aka-uka va opa-singillari, ularning erlari (xotinlari) hamda bolalari, tog‘a va amaki hamda amma va xolalari) oilaviy korxona ishtirokchilari bo‘lishi mumkin.
Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlar qanday soliqlarni to'laydi?
Yuridik shaxs tashkil etmagan holda faoliyatni amalga oshirayotgan oilaviy tadbirkorlik subyektlari JShODS to‘lashning quyidagi turlaridan birini tanlashga haqli:
Bunday oilaviy tadbirkorlar 5 nafargacha doimiy xodimni ular bilan mehnat shartnomasini tuzgan holda yollashi va soliq agenti sifatida ularga to‘langan ish haqi bo‘yicha daromad solig‘ini to‘lashi mumkin.
Yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlar quyidagi miqdorlarda ijtimoiy soliq ham to‘laydi:
Yuridik shaxs tashkil etgan oilaviy tadbirkorlar qanday soliqlarni to'laydilar?
Oilaviy tadbirkorlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan so‘ng ixtiyoriy ravishda aylanma solig‘ini to‘lashni tanlashi yoki QQS va foyda solig‘i to‘lovchisi bo‘lishi mumkin.
Umumiy daromadi 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan oilaviy tadbirkorlar QQS va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tadi.
Shuningdek, ular JShODS va ijtimoiy soliq to‘laydi. Soliq solish obyekti bo‘lsa, ular quyidagilarni to‘laydi:
Oilaviy tadbirkorlar faoliyatining xususiyatlari
Oilaviy korxona faoliyatning ayrim turlarini faqat maxsus ruxsatnoma (litsenziya) mavjud bo‘lganda amalga oshirishi mumkin.
Oilaviy korxona aksiz solig‘i to‘lanadigan mahsulotni ishlab chiqarishi va yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq solinadigan foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshirishi mumkin emas.
Oilaviy korxona faoliyatida zaharli, radioaktiv moddalar va materiallardan, yuqori bosimli asbob-uskunalardan hamda inson va atrof-muhit uchun katta xavf tug‘diradigan boshqa asbob-uskunalardan foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oilaviy korxona foydalanishi mumkin bo‘lmagan moddalar, materiallar va asbob-uskunalarning ro‘yxati
Oilaviy korxonalarga ko‘p kvartirali uyning turar joylarida sanoat tusidagi faoliyatni amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Batafsil maʼlumot “Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida”gi Qonunda