Barqarorlik reytingining mezonlaridan biri – bu mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori (MHTEKM*)dan ortiq ish haqi toʻlanayotgan xodimlar sonining koʻpligidir. Bunday xodimlar qancha koʻp boʻlsa, reyting shuncha yuqori boʻladi.
Shuningdek, ish haqi MHTEKMdan yuqori boʻlgan xodimlar sonining oʻrtacha yillik soni hisobga olinadi.
Misol uchun, sentabr oyida tashkilotda bunday maoshga ega boʻlgan xodimlar soni 10 kishiga koʻpaydi. Ammo avvalgi oylarda xuddi shu ishchilar MHTEKMdan kamroq maosh olgan, demak oʻrtacha yillik koʻrsatkich 10 emas, balki kamroq boʻladi.
Agar tashkilotda MHTEKMdan yuqori ish haqi oladigan doimiy xodimlar soni har oy ortib borsa va oʻtgan yilga nisbatan foiz 50% yoki undan yuqori boʻlsa, unda ushbu mezon boʻyicha maksimal 15 ball olish mumkin.
*1 mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori = 1 155 000 soʻm.