O‘zbekiston Respublikasida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi va (yoki) tovar (xizmat)larni realizatsiya qiluvchi yuridik shaxslar, shu jumladan chet el yuridik shaxslari QQS to‘lovchilari deb eʼtirof etiladi
(Soliq kodeksining 237-moddasi 1-qismi).
Vakolatxona maqomi
bilan belgilanadi.
Shu bilan birga, soliq davrida jami daromadi 1 mlrd so‘mdan oshmagan O‘zbekiston yuridik shaxslariga ham aylanmadan olinadigan soliq qo‘llaniladi
(Soliq kodeksining 461-moddasi 1-qismi 1-bandi).
Shuningdek, notijorat tashkilotlari jami daromadlaridan qatʼi nazar aylanmadan olinadigan soliqni to‘lash huquqiga ega emasligi belgilangan
(Soliq kodeksining 461-moddasi 2-qismi 13-bandi).
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xorijiy tashkilot vakolatxonasi aylanmadan olinadigan soliq va QQS to‘lovchisi hisoblanmaydi.
Shu bilan birga, xorijiy tashkilotlar O‘zbekiston hududida tovar (xizmat)larni realizatsiya qilsa, manfaatlari vakolatxona tomonidan ifodalanadigan xorijiy tashkilot, jami daromad miqdoridan qatʼi nazar, bunday operatsiya uchun QQS to‘lovchisi deb eʼtirof etiladi
(Soliq kodeksining 237-moddasi 1-qismi 3-bandi).