XVI “Ipak yo‘li” Soliq forumida Soliq qo‘mitasi mutaxassislari O‘zbekiston raqamli soliq ma'murchiligi va soliq xavfini aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha taqdimot qildi.
Shuningdek, ishtirokchilar soliq sohasidagi dolzarb masalalar yuzasidan o‘zaro fikr almashdi.
Forumning ochilish marosimida Xalqaro soliq va investitsiya markazi (ITIC) prezidenti Daniel Vitt, Iqtisodiyot va moliya vaziri o'rinbosari Jasur Karshibayev hamda Soliq qo‘mitasi raisi o'rinbosari Olimjon Fayzibayev ishtirok etdi.
“O‘zbekistonda biznes yuritish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida soliq sohasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Biz soliq tizimini yanada isloh qilish uchun XVJ, Jahon banki, OECD, OTB va boshqa nufuzli tashkilotlar bilan yaqin hamkorlik qilib kelyapmiz. Raqamli texnologiyalar yechimlaridan foydalanish "biznesni soyadan olib chiqishda" katta muvaffaqiyatlarga erishish imkonini berdi. O‘zbekiston soliq tizimida soliq xizmatlarini to‘liq raqamlashtirishga asoslangan transformatsiya jarayoni amalga oshirilmoqda. Umid qilamizki, ushbu forum nafaqat mamlakatlarimiz soliq va moliya idoralari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish uchun yaxshi asos yaratadi, balki soliq siyosati va investitsiyalar bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish bilan shug‘ullanuvchi davlat va xususiy sektor mutaxassislari hamkorligiga yangi sur’at bag‘ishlaydi.” Soliq qo‘mitasi raisi o'rinbosari Olimjon Fayzibayev.
Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati