Joriy yil 13-dekabr kuni Soliq qoʻmitasi Raisining birinchi oʻrinbosari Mubin Mirzayev va XVJning Oʻzbekiston boʻyicha missiyasi rahbari Yasser Abdix boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari bilan uchrashuvi oʻtkazildi.
Unda oxirgi besh yil davomida soliq maʼmurchiligida amalga oshirilgan keng koʻlamli islohotlar va erishilgan natijalar boʻyicha maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, uchrashuvda soliq auditi va auditorlik salohiyatini kuchaytirish hamda XVJning texnik yordam masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, XVJ bilan olib borilayotgan istiqbolli hamkorliklar va ular tomonidan tashkil etilayotgan missiyalar hamda ekspertlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni soliq maʼmurchiligi islohotlarida alohida oʻrin tutishi qayd etildi.
Uchrashuv yakunida soliq maʼmurchiligini bosqichma-bosqich takomillashtirib borish, xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish va kadrlar salohiyatini oshirish yoʻnalishlarida keng qamrovli hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Xalqaro soliq munosabatlari boshqarmasi