Ijtimoiy soliq quyidagi miqdorlarda to'lanadi:
yakka tartibdagi tadbirkorlar (YTT) – oyiga 340 000 so‘m;
savdo majmualari va bozorlarda faoliyat yurituvchi YTTlarning yollanma xodimlari uchun – oyiga 170 000 so‘m;
boshqa YTTlarning yollanma xodimlari uchun – yiliga 340 000 so'm;
oilaviy tadbirkorlar (yuridik shaxs tashkil etmagan):
YTT sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosi – oyiga 340 000 so‘m;
oilaning boshqa a’zolari (18 yoshga to‘lmaganlar bundan mustasno) – oyiga 170 000 so‘m.
Ijtimoiy soliq to'lash quyidagi muddatlarda amalga oshiriladi:
- har oyda to'laydiganlar 15 sanadan kechiktirmay;
- yilda 1 marta to'laydiganlar 1 dekabrgacha.
Bugun – YTT tomonidan may oyi uchun ijtimoiy soliq to‘lashning oxirgi kuni.