Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

“Yandex.Taxi” xizmati bo‘yicha ma'lumot

25/03/2023

Yandex.Taxi ilovasini taqdim etuvchi "Ridetech International B.V." kompaniyasi (30.06.2020 yilgacha "Yandex.Taxi BV" deb nomlangan) Niderlandiya Qirolligining rezidenti hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq Kompaniya xizmatlarini realizatsiya qilganlik uchun QQS va O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan norezident daromadlaridan olinadigan soliq to‘lashi shart.

Chet el yuridik shaxslari realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi deb e’tirof etiladigan O‘zbekiston Respublikasining yuridik shaxslariga elektron shakldagi xizmatlar ko‘rsatgan taqdirda, bunday xizmatlarning mazkur xaridorlari soliq agentlari deb e’tirof etiladi (Soliq kodeksi 255-modda).

“Ridetech International B.V.” O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslariga xizmatlarni realizatsiya qilishi hisobga olinganda, soliq agentlari transport xizmatlarini ko‘rsatuvchi mahalliy korxonalar – agregatorlar hisoblanadi.

Bugungi kunda Respublikamizda “Yandex.Taxi” xizmati koʻrsatishni tashkil etuvchi 135 ta yoʻlovchi tashish agregatori (korxona) mavjud.

2021-2022 yillar uchun 135 ta agregatorning “Yandex.Taxi” platformasi orqali Oʻzbekistonda xizmatlar koʻrsatishdan olingan umumiy daromadi 1059,1 mlrd soʻmni tashkil etib, quyidagicha taqsimlangan:

84% yoki 889,6 mlrd so‘m – jismoniy shaxslarga;

5% yoki 53 mlrd so‘m agregatorlarga;

11% yoki 116,5 mlrd so‘m – “Ridetech International B.V.”.

“Ridetech International B.V.” tomonidan 2021-2022-yillarda agregatorlarga ko‘rsatilgan jami 116,5 mlrd so‘mlik xizmatlar uchun soliq agentlari tomonidan 17,5 mlrd so‘m QQS hisoblangan va budjetga to‘langan.

“Ridetech International B.V.” (Niderlandiya) kompaniyasining taksi kompaniyalariga Yandex.Taxi dasturidan foydalanish huquqini berishdan olgan daromadlari royalti sifatida tan olinadi va norezident daromadlariga soliq solinishi kerak (Soliq kodeksi 351-modda).

Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi bilan Niderlandiya Qirolligi o‘rtasida 2001-yil 18-yanvarda tuzilgan daromadlarga ikki tomonlama soliq solishga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapitalga soliq solishdan bo‘yin tovlashning oldini olish to‘g‘risidagi Konvensiyaga muvofiq, royalti tarzidagi daromadlarga soliq stavkasi 0 foizgacha kamaytiriladi.

Shu munosabat bilan “Ridetech International B.V.”ning O‘zbekiston Respublikasidagi manbalardan olingan daromadlari O‘zbekistonda soliqqa tortilmaydi.

Agregatorlar Soliq kodeksining 237-moddasiga muvofiq umumbelgilangan soliqlarning to‘lovchilari hisoblanadi.

Xususan, 2021-2022-yillarda “Ridetech International B.V.” kompaniyasiga jami 1059,1 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilishi natijasida 135 ta agregator 5% yoki 53 mlrd so‘m daromad oldi.

Ushbu korxonalar tomonidan 2021-2022 yillar davomida olingan daromadlardan jami 15,2 mlrd so‘m soliq, jumladan, 9,7 mlrd so‘m QQS, 1,6 mlrd so‘m foyda solig‘i va 3,9 mlrd so‘m JShODS to‘langan.

“Yandex.Taxi” xizmatiga Respublikamizda 81 mingdan ortiq fuqaro-haydovchi ulangan bo‘lib, tuzilgan shartnomalarga ko‘ra jami daromadning 84 foizi ushbu fuqarolarda qolmoqda.

Xususan, 2021-2022-yillarda mazkur fuqarolarda daromadi sifatida 889,6 mlrd so‘m mablag‘ qolgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining aholini ijtimoiy himoya qilish maqsadida 2020-yil 8-iyunda qabul qilingan PQ-4742-son Qaroriga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar 78 ta faoliyat turi bilan shug‘ullanishi mumkin.

Xususan, ushbu ro'yxatga haydovchi o'rindig'idan tashqari to'rttadan ortiq o'rindiq mavjud bo'lmagan yengil avtomobillarda yo'lovchilarni tashish faoliyati ham kiritilgan.

Soliq kodeksining 369-moddasi 9-bandiga va yuqoridagi qarorning 1-bandiga muvofiq, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslarning mehnat faoliyati natijasida olingan daromadlari jismoniy shaxsning umumiy daromadiga kiritilmaydi.

Shu munosabat bilan o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida yo‘lovchi tashish xizmatlarini ko‘rsatuvchi fuqarolarning daromadlari to‘liq ularning ixtiyorida qolmoqda. 

Ayni paytda Soliq qo‘mitasi tomonidan “Yandex.Taksi” platformasini soliq organlarining axborot tizimi bilan integratsiyalash, xususan, fiskal belgili cheklarni avtomatik shakllantirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. 

Soliq nazorati departamenti 

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil III chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring