Soliq organlari soliq toʻlovchilar tomonidan yuborilgan elektron hisobvaraq-fakturalar (EHF) va onlayn nazorat-kassa mashinasi cheklarini doimiy ravishda tahlil qilib boradi. Tahlillarga koʻra, EHFni rasmiylashtirishda va fiskal cheklarda yoʻl qoʻyilgan xatoliklar tovarlar uchun asossiz narxlarning shakllanishiga olib kelishi mumkin.
Buni quyidagi misollarda koʻrish mumkin.
Joriy yilning yanvar oyida bir korxona boshqasiga yogʻoch sotgan. EHFni shakllantirishda sotuvchi 1 kubometr yogʻoch narxini 13,4 mlrd soʻm koʻrsatgan. Natijada, kichkinagina shkaf oʻlchamidagi yogʻoch narxi ancha qimmatga aylangan.
Yana bir korxona 1000 dona gʻishtni sotib, 600 million soʻmlik EHF rasmiylashtirgan. Koʻrinib turibdiki, eʼtiborsizlik sabab 1 dona gʻisht uchun 600 ming soʻm, yaʼni bozordagi real narxidan bir necha barobar qimmat narx kelib chiqqan.
Oʻlchov birliklari yoki tovarlar miqdorini notoʻgʻri koʻrsatish maʼlum salbiy oqibatlarga olib keladi, jumladan:
Xatoliklarga yoʻl qoʻymaslik uchun soliq toʻlovchilarga mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodlarini va ularga berilgan oʻlchov birliklarini diqqat bilan va aniq koʻrsatish tavsiya etiladi.