Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

2020-yil sarhisobi: Soliq xizmati organlari tizimida raqamlashtirish

20/01/2021

Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan 2021-yil 20-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida “2020-yil sarhisobi: Soliq xizmati organlari tizimida raqamlashtirish” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi. 


To‘g‘ridan-to‘g‘ri jonli efirda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Davlat soliq qo‘mitasi raisi maslahatchisi Alisher Elmurodov, DSQ Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari departamenti direktori Hayot Nasrulloyev va «Soliq-servis» DUK direktori Sharif Qayumov ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar oldida ma’ruza qildi.
2020-yil insoniyat oldiga yangi muammo va qiyinchiliklarni qo‘ydi. Shunga qaramay, mamlakatimiz Prezidenti farmon va qarorlari asosida aholi va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan choralar amalga oshirildi. Shuningdek, soliq sohasiga raqamli texnologiyalarning keng tatbiq etilishi natijasida soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini bajarishlari uchun keng va teng sharoitlar yaratildi.

“Soliqchi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida soliq jarayonlarini qayta tashkil etish ishlari amalga oshirilmoqda, 22 ta yangi xizmat joriy qilindi va axborot tizimlari kompleksini Yagona platformaga o‘tkazish choralari ko‘rildi.

Bir so‘z bilan aytganda, soliq islohotlari butun soliq ma’muriyatchiligi jarayonlarini avtomatlashtirish va raqamlashtirish bilan birga olib borilmoqda. Davlat soliq qo‘mitasi 2020-yilda konseptual jihatdan quyidagi yangi ustuvor yo‘nalishlarni belgilab oldi:

- soliq ma’murchiligi va xizmatlariga axborot texnologiyalarini keng joriy etish, orqali inson omili aralashuvini bekor qilish;

- “Soliq idorasi – tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili doirasida ham xizmat ko‘rsatish, ham muammolarni hal qilish bo‘yicha tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash;

- aholi murojaatlariga o‘z vaqtida va adolatli munosabat bildirilishini ta’minlash;

- insofli soliq to‘lovchilar uchun qo‘shimcha imtiyozlar berish, soliq to‘lovchilar tomonidan o‘z majburiyatlarini ixtiyoriy ravishda bajarilishini rag‘batlantirish;

- soliq organlari tizimida kadrlarni tanlash, tayyorlash va qayta tayyorlashga mutlaqo yangicha yondashuv;

- aholi turmush-tarzini yaxshilash bo‘yicha 4-sektor ishini kuchaytirish;

- mavjud muammolarni chuqur tahlil qilish va tizimli yechimlarini amaliyotga tatbiq etish.

Pandemiyaning iqtisodiyotga salbiy ta’siriga qaramasdan 2020-yilga belgilangan 99,6 trillion so‘mlik soliq tushumlari rejasi 103,6 trillion so‘mga (104 %) yoki 4 trillion so‘mga qo‘shimcha daromadlar bilan bajarildi (2019 yildagi 83,3 trillion so‘mga nisbatan o‘sish 124,4 foiz).

 Soliq ma’muriyatchiligi va raqamlashtirish

O‘tgan yili iyunda Vazirlar Mahkamasining “Soliq ma’muriyatchiligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 359-sonli qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasining Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Strategiyasi belgilandi. Unda DSQ ma’lumotlarini qayta ishlash markazi va telekommunikatsiya qurilmalarini modernizatsiya qilish, server va dasturiy ta’minotlar xarid qilish, axborot tizimlari majmuini yagona platformaga o‘tkazish, elektron davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish, katta hajmdagi ma’lumotlarni tezkor tahlil qilish tizimlarini yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar nazarda tutildi.

Qo‘shilgan qiymat solig‘i ma’muriyatchiligi tizimi takomillashtirildi: Davlat soliq qo‘mitasining 14 ta hududiy bo‘linmalari darajasida markazlashtirilgan boshqaruv mexanizmi joriy etildi.

 Hisobvaraq-faktura elektron shaklda

2020-yildan tadbirkorlik sub’ektlari orasidagi o‘zaro hisob-kitoblar tizimida hisobvaraq-fakturalarning elektron shaklidan foydalanishning majburiy tartibi joriy etildi. EHF eng qulay va ishonchli xizmatlardan biri bo‘ldi:

Birinchidan, hisobvaraq-fakturalar elektron shaklda shartnomaning ikkala ishtirokchisi – xaridor va sotuvchi tomonidan bir vaqtning o‘zida tasdiqlanadi, ya’ni bu hisobotlar bir-biriga mos kelishi demakdir. Shuning uchun, bu yerda QQS zanjirining uzilish xavfi bo‘lmaydi. Bunday dalillar ko‘pincha soliq xizmati tomonidan aniqlanadi, shundan so‘ng hisob-kitoblarni asoslab berish uchun so‘rov yuboriladi.

Ikkinchidan, agar korxona to‘liq EHF tizimiga o‘tadigan bo‘lsa, hisobotni taqdim etgandan so‘ng hisob-kitoblarning haqiqiyligi yoki realizatsiya va xarid qilingan hisobvaraq-fakturalar reyestrlariga mos ravishda aks etmasligi to‘g‘risida davlat soliq xizmatida savol tug‘dirmaydi. Bu kameral soliq tekshiruvi bilan bog‘liq tushuntirishlar va bildirishnomalar olishning oldini oladi.

Uchinchidan, QQS zanjirida uzilishning yo‘qligi uni qaytarish jarayonini soddalashtiradi va vaqtni 1 kungacha qisqartiradi.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda respublikamizda 23 ta elektron hisobvaraq-faktura operatori mavjud. EHF axborot tizimidan 373,1 mingdan ortiq xo‘jalik yurituvchi sub’ekt foydalanib kelmoqda. Soliq to‘lovchilar o‘z xohishlariga ko‘ra EHF operatorini erkin tanlash huquqiga ega.

EHF orqali II yarim yillikda 798,4 trln. so‘mlik tovar aylanmasi soliq bazasiga kiritildi yoki I yarim yillikka  nisbatan 3,5 baravarga (239 trln.so‘m) oshdi.

 Ortiqcha soliq to‘lovlarini hisoblashning yangi tizimi

2020-yil 1-oktabrdan boshlab Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining soliqlardan ortiqcha to‘lov summalarini boshqa soliq turidagi soliq qarzlariga singdirish amaliyotining avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushirildi.

Eski tizimda ushbu jarayon 8 bosqichni o‘z ichiga olib, amaliyotlar uchun tadbirkorlik sub’ektlari 10 kun va undan ortiq vaqt yo‘qotgan.

Yangi tizim quyidagi afzalliklarga ega: jarayon to‘liq avtomatlashtirilib, inson omili ishtiroki cheklanishi oqibatida korrupsiyaga qarshi kurashishning yana bir yo‘li paydo bo‘ldi. Soliq to‘lovchi uyidan yoki ofisidan chiqmagan holda shaxsiy kabinet orqali soliqlardan mavjud ortiqcha to‘lov summasini, boshqa soliq turidagi qarzdorligiga hisobga olishni belgilab berish imkoni yaratildi.

Yangi avtomatlashtirilgan tizim – xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish va soliq sohasiga axborot texnologiyalarini tatbiq etish borasidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

 “Soliq hamkor” 

O‘tgan yili DSQ tomonidan ishga tushirilgan “Soliq hamkor” axborot tizimi mamlakatda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishda muhim rol o‘ynamoqda.

Yangi tizim fuqarolarni Davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorlikka chorlaydi.

Hamkor mazkur tizim orqali soliq to‘lovchi, soliq agenti yoki boshqa shaxsning Soliq kodeksida javobgarlik belgilangan harakati yoki harakatsizligi yuzasidan Davlat soliq xizmati organini xabardor etadi. Taqdim etilgan ma’lumot aniq, to‘liq va ishonchli bo‘lishi hamkor oldidagi eng asosiy talabdir.

Tizim my.soliq.uz  – elektron soliq xizmatlari portali va Soliq mobil ilovasi – “Soliq hamkori” bo‘limi orqali bir necha yo‘nalishda masofaviy hamkorlikni taklif etadi. Har bir fuqaro o‘z xabari holatini real vaqt rejimida kuzatib borishi mumkin.

“Soliq hamkor” axborot tizimi orqali mahsulot yoki xizmat uchun to‘lov qilinganda chek taqdim etmaslik, to‘lov terminallari orqali savdo qilishni rad etish, narxlarni oshirish va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berish mumkin.

Tizim orqali 4500 dan ortiq murojaat qabul qilindi. Ularning 96,2 foizi bo‘yicha vakolatli organlarni xabardor qilgan holda tekshiruvlar tashkil etildi.

 Onlayn nazorat-kassa mashinalari

2020-yildan Onlayn-NKM va virtual kassalar tizimiga o‘tish jarayoni boshlandi. Onlayn NKM – bu kassa mashinalarining yangi avlodi bo‘lib, bugungi kunda undan barcha dorixonalarda, yoqilg‘i quyish shoxobchalarida, alkogol va tamaki mahsulotlarini sotish punktlarida, yirik savdo tarmoqlarida, shuningdek, 2021 yildan boshlab yillik tushumi 100 million so‘m va undan ortiq bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlari foydalanishi kerak. Onlayn-NKM chekini bermaslik soliq huquqbuzarligi hisoblanadi. Ayni paytga qadar Davlat reyestriga 13 ta Onlayn-NKM, 11 virtual kassa dasturiy mahsuloti va 20 ta texnik xizmat ko‘rsatish markazi kiritilgan. 
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar eski uslubdagi texnologiyalarga nisbatan aniq ustunliklarni qayd etmoqda: hisobotlarni qog‘oz shaklida bermaslik, savdo va xodimlarni masofadan boshqarish, qo‘shimcha qurilmalarni ulash va boshqalar. 2020-yilda naqd pul tushumiga ega bo‘lgan tadbirkorlik sub’ektlariga jami 105 mingta onlayn-NKM, virtual kassa o‘rnatildi.

Natijada, Toshkent shahrida I yarim yillikda 3,6 mingta onlayn-NKM orqali 1,4 mln.ta 456 mlrd. so‘mlik chek berilgan bo‘lsa, II yarim yillikda 22 mingta onlay-NKMdan 40,7 mln.ta 11,1 trln. so‘mlik chek berilgan yoki cheklar soni 29,1 baravarga va summasi 24 baravarga oshgan.

Onlayn-NKMdan tushumlarning yuqori darajasi insofli soliq to‘lovchilar va chek o‘yinlarining ommalashish natijasidir. O‘yin shartlari juda sodda – onlayn-NKM va virtual kassadan berilgan cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish kifoya. Bunday cheklar odatdagi cheklardan QR-kodi va fiskal belgisi mavjudligi bilan farq qiladi. Yutuqli chek o‘yinlari fuqarolar sotib olingan tovarlar (ishlar yoki xizmatlar) uchun to‘lovni tasdiqlovchi cheklar va boshqa hujjatlarni talab qilishga odatlanishiga o‘ziga xos turtki bo‘ldi.

Soliq mobil ilovasi

DSQ Soliq  mobil ilovasi 2020-yilda amalga oshirilgan eng ommabop loyihalardan biri bo‘ldi. Mazkur yangi ilova soliq to‘lovchilarga karantin davrida uydan chiqmagan holda soliq majburiyatlarini amalga oshirish imkoniyatini berdi. Ilovada yuridik va jismoniy shaxslar uchun bir qator elektron soliq xizmatlari jamlangan. Xususan, jismoniy shaxslar mol-mulk va yer soliqlarini mobil ilova orqali to‘lashlari mumkin. STIRni aniqlashi, onlayn-NKM chekini ro‘yxatdan o‘tkazishi, huquqbuzarlik haqida xabar berishi, shaxsiy hisobvaraq ma’lumotlarini (hisoblangan, to‘langan, qarzdorlik, penya) bilib olishi mumkin. Shuningdek, yuridik shaxslar uchun ham bir qator xizmatlar mavjud.

Ilovaga “Soliq hamkor” tizimi integratsiya qilingan, shuningdek, masofadan turib o‘zini o‘zi band qilish va onlayn-NKM chekini ro‘yxatdan o‘tkazish mumkin.

 

DSQ Matbuot xizmati

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil III chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring