Joriy yilning yanvar - oktabr oylari davomida jami 46 999 ta murojaat roʻyxatga olingan. Ularning 1 251 tasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Virtual va Xalq qabulxonalari, 462 tasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish boʻyicha vakil “Tadbirkor virtual ofisi” axborot portali, 1 007 tasi Bosh prokuratura “Ishonch telefoni”, 3 719 tasi qoʻmita “Ishonch telefoni” orqali va 40 560 tasi bevosita kelib tushgan.
Mazkur murojaatlarning 8 828 tasi qanoatlantirilgan, 36 135 tasi huquqiy maʻlumot va tushuntirish berish orqali hal etilgan. Qonun talablariga muvofiq boʻlmaganligi uchun 60 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 241 tasida keltirilgan holatlar oʻrganish jarayonida oʻz tasdigʻini topmagan, 672 tasi tegishliligi boʻyicha boshqa vazirlik va idoralarga yuborilgan boʻlsa, hisobot davrida 1 063 tasi koʻrib chiqish jarayoni (nazorat)da boʻlgan.
Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi