Yozgi taʻtilni Gʻazalkent tumanida joylashgan “Barkamol avlod” oromgohda oʻtkazayotgan bolalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida sport musobaqalari oʻtkazilmoqda.
Xususan, stol tennisi, suzish, futbol, voleybol, basketbol, shaxmat-shashka va yengil atletika turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.
Musobaqa yakunida, gʻoliblarga tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.
Oʻtkazilayotgan sport tadbirlari bolajonlarda sogʻlom turmush tarzi koʻnikmalari shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.