Soliq organlarining tahlillarida tadbirkorlik subyektlari tomonidan sotilayotgan tovarlar miqdori, oʻlchov birligi va qiymatida katta farqlar aniqlanmoqda. Bu haqda avval ham bir necha bor xabar qilingan edi.
Oʻlchov birliklari yoki tovarlar miqdori notoʻgʻri koʻrsatilganligi sababli:
▫️sotilgan tovarlar tannarxining haqiqiy holati buzilishi;
▫️tovarlar harakatini nazorat qilish qiyinlashishi;
▫️soliq hisobotlarini topshirishda savollar koʻpayishi mumkin.
Mazkur xatoliklarni bartaraf qilish va ularning oldini olish maqsadida, yuqori likvidli mahsulotlarning MXIK roʻyxati shakllantirildi.
Endilikda mazkur roʻyxatdagi yuqori likvidli mahsulotlarni EHF orqali realizatsiya qilishda qatʻiy biriktirilgan oʻlchov birliklaridan foydalaniladi