“Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish sohasini yanada rivojlantirish va ularning raqobatbardoshligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga koʻra:
2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-sentabrga qadar:
▫️ “Hunarmand” uyushmasi aʼzolari uchun belgilangan soliq imtiyozlari “Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi YTTlarga ham tatbiq etiladi;
▫️“Oʻzbekzargarsanoati” uyushmasiga aʼzo boʻlgan zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarishda foydalaniladigan koʻchmas mulk obyektlari hamda yer uchastkalari mol-mulk va yer soliqlaridan ozod etiladi.
Izoh! Farmonda nazarda tutilgan qonunchilik meʼyorlari Soliq kodeksiga kiritilgandan soʻng qoʻllanilishi mumkin. Soliq kodeksi 2- va 75- moddalar
Umumbelgilangan soliqlar maʼmuriyatchiligi boshqarmasi