Hududiy
organlar

Soliq qo'mitasi

Markaziy apparat

...
  • Toshkent shahar, A.Qodiriy ko‘chasi 13a-uy
  • (71) 244-98-98 Ishonch telefoni
    (71) 244-98-98 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • org@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Andijon viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (74) 223-95-23 Ishonch telefoni
    (74) 223-95-23 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • andijon@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Buxoro viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (65) 221-26-89 Ishonch telefoni
    (65) 221-26-89 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • buxoro@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Jizzax viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • 72 222-07-00 Ishonch telefoni
    72 222-07-00 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Jizzax@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qashqadaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (75) 225-10-82 Ishonch telefoni
    (75) 225-10-82 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qashqadaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Navoiy viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Navoiy shahar, Navoiy ko‘chasi, 27-b uy
  • (79) 223-53-71 Ishonch telefoni
    (79) 223-53-71 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Navoiy@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Namangan viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (69) 227-91-96 Ishonch telefoni
    (69) 227-91-96 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Namangan@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Samarqand viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Samarqand shahar, Gagarin ko‘chasi, 85 A-uy
  • 55 704-06-16 Ishonch telefoni
    55 704-06-16 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Samarqand@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Surxondaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Termiz shahar, M.Kahhor ko‘chasi, 23-uy
  • (0-376)-223-50-74 Ishonch telefoni
    (0-376)-223-50-74 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Surxondaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Sirdaryo viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Guliston shahar, Islom Karimov ko‘chasi, 41-uy
  • (67) 235-03-42 Ishonch telefoni
    (67) 235-03-42 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • sirdaryo@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent shahar

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Abay ko‘chasi, 4 A-uy
  • (71) 244-54-86 Ishonch telefoni
    (71) 244-54-86 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Toshkent viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 79-a-uy
  • (78) 150-49-56 Ishonch telefoni
    (78) 150-49-56 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Toshkent_vil@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Farg‘ona viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • (73) 241-70-61 Ishonch telefoni
    (73) 241-70-61 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • fargona@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Xorazm viloyati

Soliq boshqarmasi

...
  • Urganch shahri Islom Karimov ko‘chasi, 124-uy
  • (62) 223-10-10 Ishonch telefoni
    (62) 223-10-10 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • xorazm@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Qoraqalpog'iston Resp.

Soliq boshqarmasi

...
  • Nukus shaxar. T.Qaypbergenov ko‘chasi, 23-uy
  • (61) 222-00-33 Ishonch telefoni
    (61) 222-00-33 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • Qoraqalpogiston@soliq.uz
Sahifaga o'tish

Hududlararo inspeksiyasi

Soliq boshqarmasi

...
  • Toshkent shahri, Xadra mavzesi, Alisher Navoiy ko‘chasi, 16-B
  • 71 202-21-04 Ishonch telefoni
    71 202-21-04 Faks
  • Ish vaqti : 9:00 - 18:00
    Tushlik : 13:00 - 14:00
    Dam olish kuni: Shanba, Yakshanba
  • mri@soliq.uz
Sahifaga o'tish

2017-2021 YILLARDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINI RIVOJLANTIRIShNING BEShTA USTUVOR YO‘NALIShI BO‘YIChA HARAKATLAR STRATEGIYaSINI “FAOL INVESTITsIYaLAR VA IJTIMOIY RIVOJLANISh YILI”DA AMALGA OShIRIShGA OID DAVLAT DASTURI TO‘G‘RISIDA

“Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilingan 2018 yilda mamlakatimizda iqtisodiyot, ijtimoiy soha va davlat boshqaruviga zamonaviy ilm-fan yutuqlari, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Qabul qilingan 2018 yilgi Davlat dasturini ro‘yobga chiqarish doirasida 21 trillion so‘m va 1 milliard AQSh dollariga teng 76 mingta loyiha amalga oshirildi.

“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga muvofiq 400 dan ortiq qishloq va mahallalarda munosib turmush sharoitlarini yaratishga qaratilgan qurilish va obodonlashtirish ishlariga 3 trillion so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.

“Har bir oila – tadbirkor” va “Yoshlar – kelajagimiz” dasturlari doirasida 2 trillion so‘mga yaqin mablag‘ ajratilib, joylarda 2 600 dan ortiq biznes loyihalar amalga oshirildi.

Ijtimoiy sohani rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va mehnatga haq to‘lash tizimini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratildi hamda bu aholining real daromadlarini 2017 yilga nisbatan 12 foizga oshirish imkonini berdi.

Yangi o‘quv yo‘nalishlarini ochish va qabul kvotalarini oshirish hisobiga oliy ta’lim olish imkoniyatlari salmoqli darajada kengaytirildi.

Soliq ma’muriyatchiligining mohiyatan yangi tartibi joriy etilgani sababli soliqlarning prognozdan oshirib bajarilgan qismi hisobidan mahalliy byudjetlar ixtiyorida 5,5 trillion so‘m mablag‘ qoldirildi. Bu 2017 yilgi ko‘rsatkichlarga nisbatan 6 barobar, 2016 yilga nisbatan 32 barobar ko‘pdir.

Bundan tashqari, iqtisodiy rivojlanishni rag‘batlantirish, ishbilarmonlik muhiti va investitsiyaviy jozibadorlikni yaxshilash, aholi daromadlarini oshirish va biznes uchun soliq yukini kamaytirishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish kontseptsiyasi qabul qilindi.

Xususan, yagona ijtimoiy to‘lov stavkasining 12 foizgacha pasaytirilishi hamda yuridik shaxslarning aylanmasi (tushumi)dan davlat maqsadli jamg‘armalariga undiriladigan majburiy ajratmalarning bekor qilinishi korxonalar ixtiyorida qo‘shimcha mablag‘lar qolishi uchun shart-sharoit yaratdi.

2018 yilda 18 ta davlatlararo tashriflar amalga oshirildi va 50 milliard AQSh dollariga teng investitsiyaviy kelishuvlarga erishildi. Bugungi kunda yurtimizda chet el investitsiyalari hisobidan qiymati 23 milliard AQSh dollari miqdoridagi 456 ta loyiha amalga oshirilmoqda.

2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:

1. Umumiy qiymati 16,9 trillion so‘m va 8,1 milliard AQSh dollariga teng loyihalarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi hamda quyidagilarga qaratilgan 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi (keyingi o‘rinlarda – Davlat dasturi) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish sohasida – parlamentning muhim qarorlar qabul qilish va qonunlar ijrosini nazorat etish faoliyatini kuchaytirish, ijro etuvchi hokimiyat tizimini optimallashtirish, ma’muriy islohotlarni davom ettirish, davlat boshqaruvida zamonaviy menejment uslublarini keng qo‘llash, davlat xizmatlarini rivojlantirish, davlat xizmatiga malakali mutaxassislarni jalb etishga qaratilgan yagona kadrlar siyosatini shakllantirish, mahalliy davlat hokimiyati organlarining vakolat va mas’uliyatini qayta ko‘rib chiqish, ularning mustaqilligini oshirish;

qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida – sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligiga erishish, aholi tinchligi, xavfsizligini va qonuniylikni ta’minlash, jinoyatchilikning barvaqt oldini olish bo‘yicha zarur choralar ko‘rish, jinoyat qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish;

iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb etish sohasida – makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, sog‘lom raqobat uchun zarur sharoitlarni yaratish, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini tubdan yaxshilash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini jiddiy ravishda kamaytirish, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish, “xufyona” iqtisodiyotga qarshi kurashish va uning ulushini keskin qisqartirish, valyuta siyosatini erkinlashtirishni davom ettirish;

ijtimoiy rivojlanish sohasida – aholi o‘rtasida ishsizlikni kamaytirish, odamlarning daromadlarini oshirish, fan va uzluksiz ta’limni rivojlantirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash va ular bilan aholini qamrab olishni kengaytirish, xotin-qizlar va yoshlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish, odamlarning turmush sharoitlarini yaxshilash, ularni munosib turar joy bilan ta’minlash va farovonligini oshirish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy tarbiya va sportni yanada ommalashtirish, turizmni rivojlantirish;

xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, shuningdek, tashqi siyosat sohasida – mamlakatimiz mudofaa qudratini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining salohiyatini mustahkamlash, milliy mudofaa sanoati kompleksini shakllantirish, ekologik xavfsizlikni ta’minlash, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, ochiqlik, o‘zaro teng va manfaatli hamkorlik tamoyillariga asoslangan tashqi siyosiy faoliyat samaradorligini yanada oshirish.

2. Davlat dasturida nazarda tutilgan tadbirlar, ayniqsa, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, qulay investitsiya muhitini yaratish, shuningdek, mamlakatimiz hududlarining ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirish sohasidagi tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida ijro etilishini ta’minlash uchun shaxsan mas’ul hisoblangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi mansabdor shaxslari, vazirlik va idoralar rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari 2-ilovaga muvofiq mamlakathududlariga biriktirilsin.

Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari tomonidan har chorakda Davlat dasturi ijrosining borishi to‘g‘risida hisobotlar eshitiladi, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar kiritiladi, Davlat dasturidagi tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash uchun zarur choralar ko‘riladi.

3. Har oyda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan birgalikda investitsiya loyihalari amalga oshirilishining borishini muhokama qilish, investorlar faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni tezkor va samarali hal etishni ta’minlash maqsadida investorlar bilan shaxsan uchrashuvlarni, shu jumladan, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘tkazish amaliyoti joriy etilsin.

4. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni maslahat va ekspertlik jihatidan ta’minlashni amalga oshirish, shuningdek, jamiyat va davlat hayotini isloh qilish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirishning dolzarb masalalari, jumladan, mamlakatda investitsiya muhitini yaxshilash yuzasidan takliflar ishlab chiqishga qaratilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi tashkil etilsin.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi ikki oy muddatda quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi tarkibi, bunda uning tarkibiga muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar, atoqli davlat va jamoat arboblari, olimlar, jumladan, xorijiy davlatlar fuqarolari va xorijdagi vatandoshlarni kiritish nazarda tutilsin;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ekspert kengashi to‘g‘risidagi nizom.

5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2019 yil 1 iyunga qadar har bir hududning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda, birinchi navbatda, investitsiya jalb etish uchun ustuvor yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasining o‘rta muddatli istiqboldagi investitsiya siyosati strategiyasi(keyingi o‘rinlarda – Strategiya) ishlab chiqilishini ta’minlasin.

6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir hafta muddatda 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar – ustuvor hamkorlar bilan savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va siyosiy, shuningdek, xavfsizlik sohasidagi hamkorligini yanada faollashtirish va rivojlantirishga qaratilgan aniq tadbirlar bo‘yicha takliflarni kiritsin.

Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamlakatlar – ustuvor hamkorlar bilan hamkorligini yanada faollashtirish bo‘yicha taklif etiladigan tadbirlar va yo‘nalishlar Davlat dasturi va O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturi bilan o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim.

7. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining quyidagilarni tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin:

a) e’lon qilingan kapitali 1 milliard AQSh dollarimiqdorida bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda – Jamg‘arma). Quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:

respublika iqtisodiyotining ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga, shuningdek, uning raqobatbardoshligini yanada oshirishga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va innovatsion texnologiyalarni jalb etish;

xususiy mahalliy va xorijiy investorlar bilan uzoq muddatli o‘zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish orqali investitsiya faoliyatini rag‘batlantirish va rivojlantirish;

investitsiya takliflarini baholash, investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

investitsiya muhitini yaxshilashga, shuningdek, respublikamizning investitsiya salohiyati va imkoniyatlarini xorijda keng targ‘ib qilishga ko‘maklashish;

b) O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan shakllantiriladigan 5 million AQSh dollari miqdoridagi ustav kapitaliga ega, aktsiyadorlik jamiyati shaklidagi, davlat ulushi 100 foiz bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasining boshqaruv kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda – boshqaruv kompaniyasi).

8. Belgilab qo‘yilsinki:

O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi Jamg‘armaning yagona ta’sischisi hisoblanadi hamda uning kapitalini Jamg‘arma bilan birgalikda loyihalarga investitsiya kiritish to‘g‘risida investorlar tomonidan qaror qabul qilinishiga qarab shakllantiradi;

investitsiya loyihalari boshqaruv kompaniyasi tomonidan investitsiya uchun ustuvor sohalar, iqtisodiy maqsadga muvofiqlik va samaradorlik hisobga olingan holda mustaqil ravishda tanlab olinadi;

bir loyiha bo‘yicha Jamg‘arma investitsiyalarining eng ko‘p miqdori ushbu loyihaga kiritilishi rejalashtirilayotgan investitsiyalar umumiy hajmining 30 foizidan oshmasligi lozim, qolgan qismi investorlarning o‘z mablag‘i va jalb qilingan mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi;

Jamg‘arma va boshqaruv kompaniyasi faoliyatini muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan amalga oshiriladi.

9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin:

O‘zbekiston Respublikasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;

to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni birgalikda moliyalashtirish tamoyillari asosida jalb qilish bo‘yicha samarali va shaffof tijorat maydonini yaratgan holda Jamg‘arma va boshqaruv kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik qilish tartibini belgilash;

tomonlarning huquq va majburiyatlari, investitsiya siyosatining tamoyillari, shuningdek, uni amalga oshirish mexanizmlarini belgilagan holda Jamg‘arma va boshqaruv kompaniyasi o‘rtasida investitsiya aktivlarini ishonchli boshqarish to‘g‘risida shartnomalar tuzish tartibi.

10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Z.Sh.Nizomiddinov) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (A.N.Aripov) hamda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda 2019 yil 1 martga qadar investitsiya loyihalarini, birinchi navbatda, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida amalga oshirishni rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy shakl va uslublarini joriy etishni hisobga olgan holda, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini takomillashtirishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini ishlab chiqsin.

11. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq 2019 yil 1 martdan boshlab:

xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari) va ularning oila a’zolari uchun muddatini mamlakatdan chiqmasdan uzaytirish imkoniyati bo‘lgan, amal qilish muddati uch yilni tashkil qiladigan “investitsiya vizasi” joriy etiladi;

O‘zbekiston Respublikasi hududida tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha korxonalar tashkil qilish uchun 3 million AQSh dollaridan ortiq miqdorda investitsiya kiritgan xorijiy davlatlar fuqarolariga, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning ta’sischilari (ishtirokchilari)ga O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi 10 yil muddatga soddalashtirilgan tartibda beriladi;

O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi yoki “investitsiya vizasi”ga ega xorijiy investorlar hamda ularning oila a’zolari O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan shartlarda tibbiy va ta’lim xizmatlaridan foydalanish huquqiga ega bo‘ladi;

xorijiy investorlar, ular tomonidan xorijiy davlatlar fuqarolari orasidan jalb etiladigan mutaxassislar va ularning oila a’zolarini vaqtincha ro‘yxatga olish investitsiya loyihasi ro‘yobga chiqarilayotgan hududdagi aholi yashash punktida, mamlakatning boshqa hududlarida bo‘lganda qayta ro‘yxatdan o‘tish majburiyatisiz, vizaning amal qilish muddatiga (viza mavjud bo‘lmaganda esa 1 yil muddatga) amalga oshiriladi.

12. O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi tomonidan Abu Dabi rivojlanish jamg‘armasi (BAA) bilan birgalikdaO‘zbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasini (keyingi o‘rinlarda – investitsiya kompaniyasi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R.Xolmurodov hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori Sh.A.Vafoevga O‘zbekiston-Amirliklar investitsiya kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasini imzolash vakolati berilsin.

13. Belgilansinki, investitsiya kompaniyasi:

Abu Dabi rivojlanish jamg‘armasi (BAA) kompaniyasining 75 foiz miqdordagi hamda O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 25 foiz miqdordagi ulushlari hisobiga 5 million AQSh dollari miqdoridagi ustav fondiga va 1 milliard AQSh dollari miqdoridagi e’lon qilingan kapitaliga ega bo‘lib, mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida tashkil etiladi, bunda qo‘shimcha ishtirokchilarni o‘rnatilgan tartibda jalb etish mumkin bo‘ladi;

faoliyat ko‘rsatayotgan va yangi tashkil qilinayotgan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning ustav kapitallarida ulushlar sotib olish, qarzlar berish, qimmatli qog‘ozlarni muomalaga chiqarish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar ustav kapitalidagi ulushlarni mahalliy va xorijiy investorlarga realizatsiya qilish va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa shakllarda investitsiya faoliyatini olib borish huquqiga ega;

Birlashgan Arab Amirliklarining investitsiyaviy, moliya institutlari va kompaniyalari bilan investitsiyaviy hamkorlikni rivojlantirish vazifalarini bajaradi, ular bilan investitsiyaviy munosabatlarni muvofiqlashtiradi, shuningdek, qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi va ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadi.

14. Belgilab qo‘yilsinki:

investitsiya kompaniyasi, shuningdek, uning ta’sischilari olingan dividend va foizlar bo‘yicha daromadlar bilan birga foyda solig‘i, mol-mulk solig‘i va er solig‘idan, shuningdek, uning mol-mulki va aktivlarini realizatsiya qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘idan 3 yil muddatga ozod qilinadi;

ustav fondi (kapitali)ning kamida 30 foizi investitsiya kompaniyasi mablag‘lari hisobidan shakllantirilgan yangi tashkil etilgan korxonalarga xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar uchun qonunchilikda nazarda tutilgan imtiyoz va preferentsiyalar tatbiq etiladi.

15. Quyidagilar:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi boshqaruv xodimlarining vakant lavozimlarini qisqartirish hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining islohotlarni huquqiy ta’minlash va huquqni muhofaza qilish faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi bo‘linmalari tuzilmasida 5 ta shtat birligidan iborat Xalqaro reytinglar bilan ishlash va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish ishlarini muvofiqlashtirish sho‘’basi;

vazirlik va idoralarda – belgilangan shtatlar soni doirasida xalqaro reytinglar bo‘yicha faoliyatni amalga oshirish va “Elektron hukumat” tizimini joriy etish uchun mas’ul bo‘lgan ixtisoslashgan tarkibiy bo‘linmalar tashkil etilsin.

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reytinglardagi va alohida tarkibiy indikatorlardagi o‘rnini yaxshilash uchun mas’ul vazirlik va idoralar ro‘yxati 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

16. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligiga, eng avvalo, xorijiy ishbilarmonlik doiralar, tadbirkorlar, salohiyatli investorlar, davlat va jamoat arboblari o‘rtasida mamlakatda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jumladan, Davlat dasturining borishi, biznes uchun yaratilgan qulay sharoitlar to‘g‘risida keng ma’lumot berish va targ‘ib qilishni tashkil etish uchun mas’ul bo‘lgan PR-markaz funktsiyasi yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi (Z.Sh.Nizomiddinov) ikki hafta muddatda O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risidagi, jumladan, PR-markaz funktsiyasini bajarish doirasida amalga oshiriladigan tadbirlarni moliyalashtirishning aniq manbalarini nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasini ishlab chiqsin.

17. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda etakchi xalqaro moliyaviy va konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda 2019 yil 1 iyulga qadar ustav kapitalidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining aktsiyalar (ulushlar) paketlarini sotish nazarda tutilayotgan strategik ahamiyatga ega bo‘lmagan xo‘jalik jamiyatlari yagona ro‘yxati shakllantirilishi va yuritilishini ta’minlasin.

18. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatik vakolatxonalari bilan birgalikda 2019 yil 10 iyulga qadarxalqaro ishbilarmonlik doiralarida istiqbolli investitsiya loyihalari, shu jumladan, ustav kapitalidagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining aktsiyalar (ulushlar) paketlarini sotish nazarda tutilayotgan xo‘jalik jamiyatlari, davlat-xususiy sheriklik loyihalarining taqdimotlarini (“Road Show”)o‘tkazish grafigini tasdiqlasin va yil davomida amalga oshirsin.

19. Belgilansinki, 2019 yil 1 martdan boshlab bolalikdan nogironligi bo‘lgan farzandi bor onalarga, ular pensiya yoshiga to‘lgandan so‘ng, agar ularda pensiya tayinlash uchun zarur staj mavjud bo‘lmasa, ijtimoiy nafaqa to‘lanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu bandda belgilangan ijtimoiy nafaqa miqdorini va uni to‘lash tartibini nazarda tutuvchi hukumat qarorini qabul qilsin.

20. Band bo‘lmagan aholini, ayniqsa, yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblarga o‘qitish, shuningdek, kasbiy malakalar berish va tasdiqlashning umummilliy tizimini joriy etish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2019 yildagi ustuvor vazifasi hisoblansin.

Belgilansinki, fuqarolar, ayniqsa, yoshlar tomonidan o‘z malakasini oshirish uchun ta’sirchan rag‘batlantiruvchi omillar yaratish, shu jumladan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tuzilmasiga kiruvchi kasb-hunar kollejlari negizida davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida band bo‘lmagan aholi va ishsiz fuqarolar uchun o‘qitish markazlarini tashkil etish hisobiga zamonaviy o‘quv va ishlab chiqarish texnologiyalariga tayangan kasbga o‘qitishni yo‘lga qo‘yish va kasbiy malakani baholashni nazarda tutuvchi kasbiy malakalar umummilliy tizimini joriy etishga asosiy e’tibor qaratilishi lozim.

21. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mamlakatda kasbiy ta’lim berishning zamonaviy tizimini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni ro‘yobga chiqarish maqsadida bir oy muddatda ishchi kasblar nufuzini yuksaltirish va kasbiy ta’limni rivojlantirish bo‘yicha xalqaro harakatga qo‘shilishga qaratilgan chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlasin.

22. Belgilansinki, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:

oliy ta’lim muassasalariga hujjatlarni davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish tartibi bosqichma-bosqich joriy etiladi;

muddatli harbiy xizmatni o‘tagan va harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega shaxslardan iborat abiturientlar uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun ushbu shaxslar o‘rtasida o‘tkaziladigan tanlov asosida alohida kvotalar ajratish tartibi kiritiladi.

23. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspektsiyasi2019 yil 1 martga qadar:

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Iqtisodiyot va sanoat vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabalarni qabul qilish kvotalarini iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohaning istiqboldagi ehtiyojlarini, shuningdek, muassasalarning kadrlarni sifatli tayyorlashni tashkil etish imkoniyatlarini hisobga olgan holda mustaqil ravishda belgilash tartibini tasdiqlasin va ushbu tartib 2019/2020 yildan tatbiq etilishini nazarda tutsin;

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan birgalikda xorijiy diplomlarning ekvivalentligini tasdiqlashdagi sun’iy to‘siqlarni bartaraf etish va ularni tan olish jarayonini optimallashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin.

24. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bosh prokuratura, Davlat xavfsizlik xizmati, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritsin:

O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzish bilan bog‘liq jinoyatlarni liberallashtirish;

O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik choralarini differentsiatsiya qilish, ushbu toifadagi ishlarning vakolatli davlat organlari tomonidan tezkor ko‘rib chiqilishini ta’minlash.

25. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi va keng jamoatchilikning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:

a) “Yuksalish” umummilliy harakati – nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hududiy bo‘linmalarini tashkil etish;

b) rejalashtirilgan islohotlarni, shu jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarni amalga oshirishga ko‘maklashish maqsadida fuqarolar, xorijda yashayotgan vatandoshlar va nodavlat notijorat tashkilotlarni ixtiyoriylik asosida birlashtirishni “Yuksalish” umummilliy harakatiningasosiy vazifasi etib belgilash, shu jumladan, quyidagilar orqali birlashtirish:

xalq va biznes hamjamiyati bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish;

jamoatchilik nazoratining samarali tizimini shakllantirish;

davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari, shuningdek, fuqarolar, ayniqsa, yoshlarning sa’y-harakatlari va kuchlarini safarbar etish;

rejalashtirilgan, shu jumladan, Davlat dasturida nazarda tutilgan islohotlarning amalga oshirilishi jarayonini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari va xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida muhokama qilishda faol ishtirok etish;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga tahliliy axborot va takliflarni muntazam kiritish;

v) Umummilliy harakat rahbarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari orasidan, hududiy bo‘linmalar rahbarlarini xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari orasidan saylash, ular bir vaqtning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimining maslahatchisi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda “Yuksalish” umummilliy harakati faoliyatini tashkil etish bo‘yicha hukumat qarorini qabul qilsin.

26. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi “Yuksalish” umummilliy harakati va “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan birgalikda:

Davlat dasturi amalga oshirilishining borishini tizimli monitoring qilish, uni sifatli va o‘z vaqtida bajarish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi axborotni har oyda umumlashtirish hamda yakunlarini aniq ko‘rsatkichlar va erishilgan ijobiy o‘zgarishlarni aks ettirgan holda o‘z veb-saytlarida joylashtirish;

monitoring natijalari to‘g‘risidagi axborotni har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;

Davlat dasturini amalga oshirish yakunlariga bag‘ishlangan axborot-tahliliy sharhlarni tayyorlash, ularni xorijiy tillarda e’lon qilish va keng tarqatishni ta’minlasin.

27. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi Xalqaro press-klub, O‘zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari va axborot agentliklarini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi, Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi, O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan yaqin hamkorlikda:

ushbu Farmonning maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalari va Internet tarmog‘ida keng tushuntirilishini;

Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotning keng jamoatchilikka tezkorlik bilan etkazilishini ta’minlasin.

28. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

29. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N.Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh.Nizomiddinov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti                                            Sh.MIRZIYoEV

Toshkent shahri, 2019 yil 17 yanvarь

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2023-yil davomida Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring