Korrupsiyaga qarshi kurashish, uning oldini olish,
korrupsiyaga qarshi xavf-xatarlarni baholashda ochiqlik va shaffofligini
taʼminlash, korrupsiyaga qarshi kurashishning ilgʻor mexanizmlarini joriy
etish, bu borada huquqiy va institutsional bazani, huquqni qoʻllash amaliyotini
takomillashtirish masalalarida izchil ishlar olib borilmoqda.
Birinchi navbatda korrupsiyaga
qarshi kurashish boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar bazasini yangilab borish
eng muhim ahamiyatga ega.
Xususan, 2023-yil 9-iyunda “Oʻzbekiston Resupblikasi
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Soliq qoʻmitasining korrupsiyaga
qarshi kurashish siyosatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 128-son
buyruq qabul qilindi.
Ushbu buyruq bilan tasdiqlangan yangi Siyosatga koʻra, korrupsiyaga qarshi
kurashishga qaratilgan faoliyatni amalga oshirishda soliq tizimi qonuniylik, korrupsiyaga nisbatan murosasizlik, ochiqlik va
shaffoflik, preventivlik tizimlilik jamoatchilik nazorati, korrupsiya bilan
bogʻliq huquqbuzarliklar uchun javobgarlikning muqarrarligi, ochiqlik va
shaffoflik, axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, rahbariyatga toʻgʻridan-toʻgʻri
murojaat, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda
takomillashtirish kabi tamoyillariga tayanadi.
Shu bilan birga Soliq qoʻmitasining 188-son buyrugʻi bilan “Soliq xizmati organlari, qoʻmita
tasarrufidagi idora, tashkilot hamda oʻquv muassasalarida xizmat tekshiruvi va
xizmat oʻrganishi oʻtkazish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”
buyrugʻi qabul qilinib, Soliq qoʻmitasi tizimida xizmat tekshiruvi oʻtkazishni
tashkil etish toʻgʻrisidagi hamda Soliq qoʻmitasi tizimida xizmat oʻrganishi oʻtkazishni tashkil etish toʻgʻrisidagi Reglamentlar tasdiqlandi.
Soliq xizmati organlari, qoʻmita tasarrufidagi idora, tashkilot hamda
oʻquv muassasalarida yuzaga kelgan salbiy holatlar va favqulodda hodisalar
haqidagi axborotlarni taqdim etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida
126-son buyruq qabul qilinib, Soliq organlari, qoʻmita tasarrufidagi idora,
tashkilot va oʻquv muassasalarida yuzaga kelgan salbiy holatlar va favqulodda
hodisalar haqida zudlik bilan taqdim etiladigan maʼlumotlar roʻyxati
tasdiqlandi.
Taʼkidlash lozim, sohada korrupsiya holatlarini oldini olishda raqamli
texnologiyalarning keng tatbiq etilishi muhim qadamlardan biri boʻldi.
Soliq toʻlovchini hisobga olishdan tortib majburiyatini bajarishgacha
boʻlgan jarayon avtomatlashtirildi.
Hozirda soliq toʻlovchilarga 50 dan
ortiq interaktiv xizmatlar koʻrsatilmoqda.
Xususan, soʻnggi bir yilda, yaʼni 2022-yil iyul oyidan bugunga qadar 9 ta yangi interaktiv xizmat
amaliyotga tadbiq etildi:
- toʻgʻri keladigan soliq rejimini tanlash;
- soliq yuki kalkulyatori;
- jismoniy shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga SMS
xabarnomalarini yuborish;
- davlat soliq xizmati organlarining qabul qilgan buyruqlarini
haqiqiyligini tekshirish;
- soliq hisoboti tasdiqlanganligini aniqlash;
- mol-mulk soligʻi hamda yer soligʻini toʻlash;
- davlat boji hisobini elektron yuritish;
- norezident daromadidan toʻlov manbaida ushlab qolingan foyda
soligʻini qaytarish;
“Jismoniy shaxsning jami yillik daromadlari toʻgʻrisida deklaratsiya”
elektron xizmati.
Shu bilan bir qatorda, soliq maʼmurchiligini yuritishda inson omilini
cheklashga katta eʼtibor berilmoqda.
Buni amaliyotga joriy etilgan 50 ga
yaqin dasturiy mahsullar misolida koʻrish mumkin boʻladi.
Xususan, joriy yilda 5 ta
dasturiy mahsulotlar amaliyotga joriy etildi:
- “Yuridik va jismoniy shaxslarning soliq qarzlari hisobini yuritish”
axborot tizimi “Xatlov” mobil ilovasi;
- “Deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlar hisobini
yuritish” AAT;
- “Soliq xavfini kompleks boshqarish” axborot tizimi;
- “Byudjetning soliq tushumlarini prognozlashtirish”
avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
- “Foyda soligʻi boʻyicha boʻnak toʻlovlarini hisoblash”
avtomatlashtirilgan axborot tizimi.
Shuningdek, joriy yilda yana 4 ta
dasturiy mahsulotlarni amaliyotga joriy
etish boʻyicha sinovlar oʻtkazilmoqda.
- “QQS salbiy farq summasi oʻrnini qoplash” dasturiy mahsulotining
yangi versiyasi;
- “Ishonchlilik indeksi” avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
- “Yaratilgan yangi ish oʻrinlarini hisobga olish”
avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
- “Respublika budjetidan paxta va (yoki) gʻalla yetishtirishga
ixtisoslashgan fermer xoʻjaliklari ishchilarining jismoniy shaxslardan
olinadigan daromad soligʻini qaytarib berish” axborot tizimi shular
jumlasidandir.
Soliq xizmati organlarida joriy yilning oʻtgan davrida jami 623 ta xizmat tekshiruvi hamda 335 ta xizmat oʻrganishlar
oʻtkazilgan.
Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvi va xizmat oʻrganishlari yakuni bilan
faoliyatida xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan davlat soliq xizmati organlari
xodimlarining jami 888 nafariga
nisbatan jazo choralari qoʻllanildi.
Jumladan, 60 nafar xodim
bilan belgilangan tartibda mehnat shartnomalari bekor qilindi, 37 nafar xodim egallab turgan
lavozimidan ozod etildi, 491 nafar
xodimga hayfsan hamda 300 nafar
xodimga 10 dan 30 foizgacha boʻlgan jarima intizomiy jazo
choralari qoʻllanildi.
Soliq xizmati organlarida 2023-yil 1-iyul holatiga korrupsion holatlarni
oldini olish boʻyicha 1 113 ta
uchrashuv, seminar va davra suhbatlari boʻlib oʻtdi. Radio orqali 14 ta eshittirishlar, 33 ta telekoʻrsatuvlar tashkil etildi
va nashrlarda 11 ta maqola chop etildi
hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali 271 ta
chiqishlar amalga oshirildi.
Soliq xizmati
organlarining barcha xodimlari uchun “Soliq
organlarida korrupsiyaning oldini olish choralari” mavzusida
oʻquv-seminar mashgʻulotlari oʻtkazilib kelinmoqda. Mazkur seminarlar doirasida
fiskal institutda har oyda 600 nafarga yaqin xodim qayta tayyorlov kurslarida malaka
oshirdi.
Soliq qoʻmitasi tizimining
xodimlari yoki boshqa shaxslar, agar ularda xodimlar xatti-harakatlarining
qonuniyligiga, odob-axloq normalariga rioya qilishi, shuningdek, korrupsiya va
boshqa huquqbuzarlik holatlari sodir etilishini oldini olishga qaratilgan Soliq
qoʻmitasining aloqa kanallari uzluksiz
faoliyat yuritmoqda.
Korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi xabarlarni:
- ishonch telefoni
raqamlariga;
- telegram tarmogʻidagi
maxsus bot orqali (@dsq_anticorrupciya_bot);
- Soliq qoʻmitasining
rasmiy veb-saytidagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish” boʻlimidagi alohida
(anonim) xabar berish kanaliga;
- elektron pochta
manzillariga;
- Shaxsiy xavfsizlik
boshqarmasi va uning quyi tuzilmalari telefon raqamlariga yoki
toʻgʻridan-toʻgʻri murojaat qilishlari mumkin.
Joriy yilning birinchi yarmida soliq xizmat organi xodimlarining noqonuniy
xatti-harakatlari yuzasidan aloqa kanallari orqali 131 ta murojaat kelib tushgan.
Ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 96 taga kam (2022-yil
227 ta boʻlgan).
Koʻrib chiqilgan 131 ta
murojaatning:
- 29 tasi boʻyicha xodimlarga tegishli choralar koʻrildi;
- 19 tasi tasdigʻini topmagan;
- 83 tasi boʻyicha murojaatchilarning muammolari hal etilib
amaliy yordam berildi.
@dsq_anticorrupciya_bot orqali murojaatlar 2023-yilda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 7 taga oshgan. (2023-yil 280 ta
2022-yil 273 ta).
Mazkur bot orqali kelib tushgan murojaatlar Shaxsiy xavfsizlik tuzilmalari
tomonidan zudlik bilan koʻrib chiqilib, tegishli choralari koʻrilgan.
Soliq organi oʻzining
korrupsiyaga qarshi siyosatida belgilab olgan asosiy tamoyillaridan kelib
chiqib, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini doimiy ravishda takomillashtirib
boradi hamda korrupsiyadan holi davlat organi sifatida tan olinishi uchun
barcha choralarni koʻradi.
Soliq qo‘mitasi Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasi
Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatta-harakatlar to‘g‘risidagi xabarlarni ko‘rib chiqish, odob-axloq qoidalari va korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitishni tashkil qilish haqida
Jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Ishonch telefonlari" orqali qabul qilish haftaning ish kunlarida soat 9:00dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.
Unda fuqarolar soliq organlari xodimlari tomonidan yoʼl qoʼyilayotgan korruptsiya va boshqa noqonuniy xatti-harakatlar, shuningdek soliq sohasiga oid sodir etilgan yoki etilayotgan jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin.
Murojaatlar anonimligi kafolatlanadi, Qoʼngʼiroq egasi tomonidan berilgan maʼlumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.
Korrupsiyaviy
holatlar haqida xabar berishga moʻljallangan alohida aloqa kanallari
1)“Ishonch telefoni” – 1198 va 71-244-98-98;
2) elektron pochta – org@soliq.uz;
3) boshqa elektron manzillar – org@soliq.uz;
4) telegram bot – @dsq_anticorrupciya_bot;
5) platforma – O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq xizmatiorganlarining “Elektron soliq xizmatlari” portali.
№
|
Hudud nomi |
Telefon raqami |
1 |
Qoraqalpog'iston Respublikasi | (0361)-222-62-84 |
2
|
Аndijon viloyati |
(0374)-223-95-22 |
3
|
Buxoro viloyati |
(0365)-221-30-03
|
4
|
Jizzax viloyati |
|
5
|
Qashqadaryo viloyati |
|
6
|
Navoiy viloyati |
|
7
|
Namangan |
(0369)-227-91-52
|
8
|
Samarqand viloyati |
|
9
|
Surxondaryo viloyati |
|
10
|
Sirdaryo |
|
11
|
Toshknt viloyati |
|
12
|
Farg'ona viloyati |
|
13
|
Xorazm viloyati |
|
14
|
Toshkent shahar |
|