Hududiy
organlar

Soliq qo‘mitasi rebrending oʼtkazdi. 2019-yil 17-dekabr kuni jurnalistlar va blogerlar ishtirokida oʼtkazilgan matbuot anjumanida Qoʼmitaning mazkur yangi timsoli taqdimoti boʼlib oʼtdi.


Rebrending mamlakatimiz soliq tizimining imiji oʼzgarishida yangi bosqichni boshlab berayotganligi bilan muhim ahamiyatga ega.

Аgar avval soliq xizmati organi “pogondagi inspektor” va “murakkab soliq majburiyatlari”ni taklif etishi bilan esda qolgan boʼlsa, endilikda servisga yoʼnaltirilgan va soliq toʼlovchilar oʼz majburiyatlarini bajarishlarida hamda manfaatdorliklari taʼminlanishida amaliy yordam beruvchi organ sifatida namoyon boʼladi.


Soliq organlarining yangi timsoli quyidagilarga asoslangan:

- Zamonaviylik

- Koʼrkamlik

- Qulaylik va soddalik

Yangi timsol anʼanaviy davlat ramzlarini oʼzida aks ettirib, zamonaviylik va aniqlik asosida ifoda etilgan.

Ranglar yechimi ikkita asosiy rangdan tarkib topgan – koʼk va kulrang-oltin.

Koʼk rang davlat ramzlarida foydalaniladi. Bu ishonchlilik va qatʼiylik belgisi.

Kulrang-oltin – bu farovonlik ifodasidir. Bunda moʼʼtadil, yorqin boʼlmagan soya timsolga xotirjamlik va ishonch hissini qoʼshadi.

Timsolning markazida afsonaviy Humo qushi joylashgan. U Oʼzbekistonda baxt, erkinlik va mehribonlik qushi hisoblanadi. Geraldik uslubda ifodalangan boʼlib, u davlatchilik va qatʼiyatlilikni namoyon etadi.

Qanotlar markazidagi qozon shakli esa, soliq tushumlarining davlat byudjeti koʼrinishida bitta joyga yigʼilib, keyinchalik qayta taqsimlanishini anglatuvchi soliq xizmati organlari faoliyatining asosiy funktsiyalariga ishora hisoblanadi.

Qushning yoyilgan qanotlari ochiqlik va halollikni anglatadi, 14 ta qirrasi mamlakatimiz hududlari va Toshkent shahri timsolidir.

Qushning ortida koʼtarilayotgan quyosh yorugʼlikni, yangilanayotgan davlatning yorqin yoʼlini ifodalaydi.

Yuqori qismida ramziy maʼnoda tashkilotning faoliyatini aks ettiruvchi qozon, tangalar orasida esa sakkiz qirrali yulduz joylashgan.

Qozondagi tangalar va yulduz mamlakatning soliq tizimini, yulduz esa butun tizimning ishlashini taʼminlaydigan Soliq qoʼmitasini anglatadi.

Interyer kontseptsiyasi tashrif buyuruvchilar bilan muloqotda qulaylikni his etishlariga koʼmaklashishga qaratilgan. Bunda kovorking koʼrinishining tanlashi ham bejizga emas. Boisi,

- hamkorlikda ishlash uchun umumiy maydon.

- “oʼzaro tenglik” asosiga qurilgan muloqotlar.

- qulay sharoit.

- doʼstona muhit.

Iliqlikni va doʼstona kayfiyatni his etishlariga koʼmaklashuvchi qulay servis.

 

Asosiy ko'rsatkichlar

Barchasini ko'rish

Soliq idoralariga murojaatlar

2024-yil II chorakda Yagona raqamga qilingan murojaatlarga berilgan javoblar bo‘yicha qo'yilgan baholar
  • 1 baho
  • 2 baho
  • 3 baho
  • 4 baho
  • 5 baho
Barchasini ko'rish
Fikringizni qoldiring
Powered by GSpeech

Eng muhim yangiliklarni birinchi bo'lib olishni xohlaysizmi? Bildirishnomalarga obuna bo'ling!

Bizga xabar yuboring