Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi faoliyati haqida
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi Soliq qo‘mitasining mustaqil tarkibiy tuzilmasi hisoblanadi va bevosita Qo‘mita raisiga bo‘ysunadi. Hududlararo inspeksiyaga joylashgan joyi va amalga oshirayotgan faoliyatidan qat’i nazar, yirik soliq to‘lovchilarning soliq ma’muriyatchiligini amalga oshirish vazifasi yuklanadi.
Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo soliq inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 320-sonli qaroriga asosan o‘z faoliyatini tashkil etadi hamda soliq ma’murchiligini amalga oshiradi.
Hududlararo inspeksiya yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhr va blankaga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G‘aznachiligida g‘aznachilik hisobraqamlariga, bank hisobraqamlariga, shu jumladan xorijiy valyutadagi hisobraqamlariga ega.
Hududlararo inspeksiya tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq maʼmuriyatchiligi Hududlararo inspeksiya tomonidan amalga oshiriladigan soliq to‘lovchilar uchun bajarish majburiy hisoblanadi.
- hududlararo inspeksiyaga yuklangan funksiya va vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash;
- yirik soliq to‘lovchilar tomonidan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga tushishini ta’minlash, shuningdek, ularning soliq solinadigan bazasini kengaytirishga yo‘naltirilgan takliflar ishlab chiqish;
- qo‘mitaga kiritiladigan hujjat loyihalari hamda takliflar, shuningdek, ular tomonidan qabul qilinadigan qarorlarning sifati, natijalari va oqibati;
- davlat soliq xizmati organlarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, chora-tadbirlar rejalari, "Yo‘l xaritalari" va boshqa dasturiy hujjatlarning samarali amalga oshirilishi, muammoli masalalar hal etilishi;
- yirik soliq toʼlovchilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish va ularga rioya qilishlarini ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi tomonidan 2019-yil 12-iyulda ro‘yxatdan o‘tkazilgan “Yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritishning mezonlarini belgilash to‘g‘risida”gi 3172-sonli nizomga muvofiq yuridik shaxslarni yirik soliq to‘lovchilar toifasiga kiritish mezonlari belgilanadi.
Yuqoridagi nizomga asosan quyidagilar yirik soliq toʼlovchilar toifasiga kiritiladi:
a) aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi va aksiz to‘lanadigan xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar;
b) tijorat banklari, tovar-xom ashyo, fond va valyuta birjalari;
v) “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ hamda ularning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar;
g) mahsulot taqsimotiga oid bitim bo‘yicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan tashkilotlar;
d) mahsulot (tovar, ish va xizmat)larni sotishdan olingan sof tushumi o‘tgan kalendar yil yakuni bo‘yicha 100,0 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan yoki ketma-ket keladigan o‘n ikki oylik davr yakuni bo‘yicha ushbu miqdordan oshgan yuridik shaxslar, chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari (bo‘linmalari);
y) uglevodorod xom ashyosi va mineral resurslarni qazib oluvchi, qayta ishlovchi, yetkazib beruvchi va sotuvchi hamda elektr energiyasini ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi yuridik shaxslar va ularga tovar (ish va xizmat) yetkazib beruvchi chet el yuridik shaxslarining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy muassasalari (bo‘linmalari), bundan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari mustasno;
j) O‘zbekiston Respublikasining havo bo‘shlig‘idan yo‘lovchilarni tashish maqsadlarida foydalanuvchi, xalqaro havo aloqalarini amalga oshiruvchi va ularning tarkibiga kiruvchi yuridik shaxslar.
z) realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan elektron shakldagi xizmatlarni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
Yirik soliq to'lovchilar ro'yxati 01.07.2024-yil holatiga