Fiskal modul bilan ta’minlash va operator tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tadbirkorlik subyektlari tomonidan yilda bir marta BHM 1 baravari (270 000 so‘m) miqdorida operatorga to‘lov amalga oshiriladi.
VM-943-son qarori 55-band 23.11.2019
Fiskal ma’lumotlar operatori – DSQ huzuridagi “Yangi texnologiyalar” ilmiy-axborot markazi DUK.
Operator maxsus texnika vositalari bilan jixozlangan, milliy kriptografik algoritmlar bazasi asosida axborot xavfsizligini ta’minlashning kriptografik usullaridan foydalangan holda, real vaqt rejimida axborot-telekommunikatsiya tarmog‘i orqali onlayn-NKM va virtual kassalarga biriktirilgan fiskal modullardan keladigan ma’lumotlarni uzluksiz ravishda qabul qiladi, qayta ishlaydi va saqlaydi, shuningdek, vakolatli organning ma’lumotlar bazasini shakllantiradi.
Soliq to'lovchilarga xizmat ko'rsatishda operatorning vazifalari va majburiyatlari:
Fiskal ma'lumotlar operatori xizmati uchun 1-to'lov onlayn-NKM yoki virtual kassa soliq organlarida ro'yxatdan o'tkazilgandan so'ng darhol amalga oshiriladi. Keyingi to‘lov 1 yildan so‘ng. Muddat tugashidan bir oy oldin soliq to'lovchining shaxsiy kabinetiga to'lovni amalga oshirish zarurligi to'g'risida xabarnoma yuboriladi.