Yuridik shaxslar mol-mulk soligʻi hisoboti yilda 1-marta, soliq hisoboti davridan keyingi yilning 1-martidan kechiktirmay koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlariga taqdim etiladi.
Bunda soliq hisoboti ko‘chmas mulkning o‘rtacha yillik qoldiq qiymatidan kelib chiqib to‘ldiriladi.
Ko‘chmas mulkning qoldiq qiymati mol-mulkning boshlang‘ich (tiklanish) qiymati bilan soliq to‘lovchining hisob siyosatida belgilangan usullardan foydalanilgan holda hisoblab chiqilgan amortizatsiya miqdori o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Soliqni hisoblash maqsadida ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan binolar va inshootlarga nisbatan soliq bazasi 1 kv. m uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymatdan past bo‘lishi mumkin emas.
Barcha turdagi ko'chmas mulklarning o‘rtacha yillik qoldiq qiymati to‘g‘risidagi ma’lumotlar my3.soliq.uz portali "Alohida soliq stavkalari qo'llaniladigan ko'chmas mulk obyektlari va yer uchastkalari" xizmatining 7-bo'limidan shakllanadi.
Mol-mulk soligʻi hisoboti va ma’lumotnoma shakllarini toʻldirishda soliq xizmati organlari mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan qoʻllanmalardan foydalanish tavsiya etiladi.
Quyidagi havolalar orqali qoʻllanmalar bilan tanishish mumkin:
Moʻljallanayotgan soliq bazasi (oʻrtacha yillik qoldiq qiymat)ni soliq hisobotida aks ettirish;
Soliq stavkasi 0,6 % miqdorida belgilangan obyektlar;
Normativ muddatda qurilishi tugallanmagan obyektlar;
Qurilish tashkilotlari balansida keyinchalik sotish uchun koʻrsatilgan turar joy obyektlari;
Moʻljallanayotgan soliq bazasini maʼlumotnomada aks ettirish;
Eng kam qiymat tatbiq etilmaydigan obyektlar roʻyxatini taqdim etish (ma'lumotnoma uchun);
Mol-mulkni baholash natijalarini taqdim etish.
Eslatma! Soliq davrida soliq boʻyicha boʻnak toʻlovlar summasi soliq hisobotida koʻrsatilgan budjetga toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasiga nisbatan 10 %dan ortiq kamaytirilgan taqdirda, soliq organi boʻnak toʻlovlarni soliqning haqiqiy summasidan kelib chiqib, penya hisoblagan holda qaytadan hisoblab chiqadi.
Resurs soliqlari ma'muriyatchiligi boshqarmasi